Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir !

14-yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Ushbu bayram munosabati bilan Aloqabank tomonidan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi. Joriy yil ham mazkur bayram keng miqyosda, ko’tarinki ruhda tashkillashtirildi. Tadbir davomida bank xodimlariga sovg’alar taqdim etildi. Fursatdan foydalanib yana bir bor barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang ! Bayramingiz muborak Azizlar !!!

Biringiz o’g’ilsiz, biringiz yorsiz, Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz.

Og’irimiz yengil qilib doimo, Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz.

Muhtojlik sezamiz himoyangizga, Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.

Yer va ko’kka sizni ishonmay, Doim aylanurmiz hamsoyangizga.