Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Bir makon, bir yo’l

Joriy yilning 23 aprel  kuni «Bir makon, bir yo’l» tashabbusi doirasida UnionPay International kompaniyasi O’zbekiston, Indoneziya, Laos, Tailand va Birlashgan Arab Amirliklarining etakchi moliya  muassasalari bilan hamkorlik to’g’risidagi bitimlarni imzoladi. Pekinda imzolangan hujjatlar an'anaviy va raqamli UnionPay kartalarini chiqarish, shuningdek, mahalliy karta to’lov tarmog’ini yaratish bilan bog’liq.

Marosimda bir nechta muhim loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo’yicha hujjatlar imzolandi, ulardan biri Aloqabank tomonidan UnionPay kartalarini chiqarish bo’yicha bir nechta bitimlarni, shu jumladan kredit va premium mahsulotlarni o’z ichiga oladi.

Erishilgan kelishuvlar tufayli Aloqabank va UnionPay mijozlari butun dunyo bo’ylab elektron to’lovlar sohasida yanada ko’proq imkoniyatlarga ega bo’ladilar.