Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Yuridik shaxslar konvertatsiyani internet orqali amalga oshirishlari mumkin

Aloqabank mijozlari uchun yana bir masofaviy xizmat ko’rsatish qulayligi yaratildi!

Biznes uchun zarur bo’lgan xom-ashyo, uskuna yoki boshqa tovarlar importiga yoki xorijiy valyutadagi majburiyatlaringizni qoplash maqsadida to’lov qilmoqchimisiz? Xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash zarurmi?

Endi yuridik shaxslar valyuta (AQSh dollari) oldi-sotdi amaliyotiga ariza berish uchun bankka kelishlari shart emas. Milliy valyutani xorijiy valyutaga konvertatsiya qilish va xorijiy valyutani milliy valyutaga ayirboshlash amaliyotlarini "Bank-mijoz" tizimi orqali amalga oshirish yo’lga qo’yildi.

Aloqabank – biz Sizning vaqtingizni tejaymiz!