Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 03.02.2016

 

AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2016 yil 3 fevral kuni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank Aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

1. AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT “Aloqabank” Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.

3. AT “Aloqabank”ning taqsimlanmagan foydasi hisobiga aksiyalarning nominal qiymatini oshirish to’g’risida.

4. AT “Aloqabank”ning tashkiliy tuzilmasiga o’zgartirish kiritish to’g’risida.

 

2016 yil 28 yanvar kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 286 tani tashkil etib, ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 952 602 651 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi Aksiyalarining 810 307 319 donasi yoki 85,06 foizga ega bo’lgan Aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya'ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2016 yil 23 yanvardagi yig’ilishida 2016 yil 3 fevralda o’tkaziladigan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, Aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan 3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

 

I.I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.A.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

A.T.Umarov - komissiya a’zosi

 

Kun  tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

Ovoz berishga qo'yilgan masalalar

Ovoz berish yakunlari

yoqlash

qarshi

betaraflar

%

soni

%

soni

%

soni

1.

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

100,00%

810 307 319

0%

0

0,0%

0

2.

AT “Aloqabank” Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida.

100,00%

810 307 319

0,0%

0

0,0%

0

3.

AT “Aloqabank”ning taqsimlanmagan foydasi hisobiga aksiyalarning nominal qiymatini oshirish to'g'risida.

99,77%

808 452 856

0,23%

1 854 463

0,0%

0

4.

AT “Aloqabank”ning tashkiliy tuzilmasiga o'zgartirish kiritish to'g'risida.

100,00%

810 307 319

0,0%

0

0,0%

0