Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 11.09.2015

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 11.09.2015

AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2015 yil 11 sentabr kuni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank Aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

1. AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Bankka affillangan shaxs “O’zbektelekom” AK bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.

3. Bankka affillangan shaxs “NANO LIZING” MCHJ bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.

4. Bankka affillangan shaxs “ALSKOM” AJ bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.

5. Bankka affillangan shaxs “UZDIGITAL TV” MCHJ bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.

6. “Mirzacho’l tolasi” XK tugatish sud boshqaruvchisining taklif xati muhokamasi to’g’risida.

 

2015 yil 7 sentabr kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 286 tani tashkil etib, ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi Aksiyalar soni 949 183 401 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi Aksiyalarining 859 479 217 donasi yoki 90,55 foizga ega bo’lgan Aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya'ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2015 yil 29 avgustdagi yig’ilishida 2015 yil 11 sentabrda o’tkaziladigan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, Aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan 3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

 

I.I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.A.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

A.T.Umarov - komissiya a’zosi

Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

 

Ovoz berishga qo'yilgan masalalar

Ovoz berish yakunlari

Affillangan shaxslar

Yoqlash

Qarshi

Betaraflar

%

Soni

%

Soni

%

Soni

 

1.

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

100,00%

859 479 217

0,00%

0

0,00%

0

 

2.

Bankka affillangan shaxs “O'zbektelekom” AK bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.

100,00%

441 914 739

0,00%

0

0,00%

0

417 564 478

3.

Bankka affillangan shaxs “NANO LIZING” MCHJ bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida.

100,00%

675 325 398

0,00%

0

0,00%

0

184 153 819

4.

Bankka affillangan shaxs “ALSKOM” AJ bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida

96,01%

370 412 580

3,99%

15 405 661

0,00%

0

473 660 976

5.

Bankka affillangan shaxs “UZDIGITAL TV” MCHJ bilan tuziladigan bitimlarni ma'qullash to'g'risida

100,00%

859 479 217

0,00%

0

0,00%

0

 

6.

“Mirzacho'l tolasi” XK tugatish sud boshqaruvchisining taklif xati muhokamasi to'g'risida

98,14%

843 482 126

1,79%

15 405 661

0,07%

591430