Yangi yilga yangi omonatlar bilan!

Yangi yilga yangi omonatlar bilan!

2021 yil 5 yanvardan yuqori foizda aziz ustozlar va murabbiylar uchun maxsus “USTOZIMGA” va hamda barcha aloqa tashkilotlarining aloqachi xodimlari uchun maxsus “ALOQACHI” nomli omonat turlariga mablag'lar qabul qilinadi.

Ushbu omonatning boshqa omonatlardan farqi shundaki, omonat muddatidan oldin talab qilib olinganda omonatga hisoblangan foizlarning to’liq oy qismi saqlanib qolinadi va yuqori foizlarda quyidagicha to’lanadi:

  • 1-5-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun 9 foiz;
  • 6-8-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun 12 foiz;
  • 9-11-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun 15 foizdan qayta hisob kitob qilinadi.

Mablag’larni omonatga joylashtirishda Siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lasiz:

  • Omonatga qo’shimcha mablag’lar qabul qilinadi;
  • Omonatdan qisman echish imkoniyati mavjud;
  • Har oyda foiz daromadlarini olish mumkin;

Omonat quyidagi shartlar asosida qabul qilinadi:

- AT “Aloqabank”ning “ZOOMRAD” ilovasi orqali naqdsiz hamda Bank kassalari orqali naqd va naqdsiz shaklda 12 oylik muddatga – yillik 17% miqdorida;

- Omonatlarga qo’yilmalarning eng kam miqdori 1 mln. so’m.

05-01-2021

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.