"Til, taraqqiyot va ma'naviyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

"Til, taraqqiyot va ma'naviyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi

21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18-oktabr kuni soat 17:00da Aloqabank bosh ofisida "Til, taraqqiyot va ma'naviyat" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Sanobar Kuldasheva o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Davra suhbatida til millatning birligi va birdamligi timsoli ekanligi, unda millat g'ururi aks etishi, ona tilimizga e'tibor bugungi kunda davlat siyosati darajasiga aylanganligi haqidagi fikrlar ta'kidlandi. O'zbek tilining nufuzini yanada oshirish uchun qilinayotgan ijobiy ishlar sanab o'tildi. Shu bilan birga bugungi kundagi kamchilik va muammolarning yechimlari haqida fikrlar bildirildi. Davra suhbatidagi qizg'in munozaralardan yoshlarimizning ona tilimiz taqdiriga befarq  emasliklari ko'zga tashlandi. Bunday davra suhbatlarini tez-tez uyushtirib turish lozimligi haqida takliflar bildirildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.