UnionPay kobeydj kartalari yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun limitlar

UnionPay kobeydj kartalari yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchun limitlar

АТ Aloqabank kartalardan foydalanish to'g'risidagi shartnomaga muvofiq hamda qo'shimcha xavfsizlik choralarini ta'minlash maqsadida 2019 yil 8 oktyabrdan boshlab UnionPay kobeydj kartalari orqali amalga oshiriladigan amaliyotlar uchun quyidagi limitlar o'rnatilishini ma'lum qilamiz:

  • 3D Secure xavfsizlik kodini tasdiqlamagan holatda Internetda tovar va xizmatlar uchun tolovlarni amalga oshirishda har bir to’lov (bitim) yoki kunlik to’lovlar uchun maksimal summa 5 million so'm (500 AQSh dollari ekvivalenti), 3D Secure xavfsizlik kodi mavjud bo'lgan hollarda to'lov summasi chegaralanmagan;
  • O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi bankomatlardan naqd pul olish uchun bir martalik maksimal summa 20 million so'm (2 000 AQSh dollari ekvivalenti) va kunlik 50 million so'm (5 000 AQSh dollari ekvivalenti).

 Kobeydj karta – bu chet elda xalqaro UnionPay kartasi sifatida  O'zbekistonda esa standart UzCard kartasi sifatida qabul qilinadigan o'zbek so'midagi bank kartasi.

"Aloqabank" kobeydj kartalari dunyoning UnionPay tizimi mavjud 176 mamlakat hamda hududlarida qabul qilinadi.

Kobeydj kartalari bilan bog'liq barcha savollar bo'yicha bank Amaliyot boshqarmasi yoki filiallarining  plastik kartalar bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Kobeydj kartalarini olish shartlari bilan quyidagi havola orqali  tanishishingiz mumkin.

Bank Call-markazi:

Tel.: (+998 71) 230-77-77

email: info@aloqabank.uz

www.aloqabank.uz

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.