AT “Aloqabank”da kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o’tkazildi

AT “Aloqabank”da kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o’tkazildi

2019 yil 13 avgustda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab-quvvatlash va faoliyatini yanada rivojlantirishga ko’maklashish maqsadida AT “Aloqabank” Bosh ofisida bank mijozlari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Mazkur uchrashuvda bank Boshqaruvi Raisi, bank Boshqaruv Raisi o’rinbosarlari, Amaliyot boshqarmasi boshlig’i, Mirobod filiali boshlig’i, Bosh bankning departament, mustaqil boshqarma va bo’lim boshliqlari, bankning Amaliyot boshqarmasi va Mirobod filiali mijozlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Xizmat ko’rsatish va mijozlar bazasini rivojlantirish departamenti direktori A.Raximov bank faoliyatiga oid taqdimot qildi. Shuningdek, A.Raximov o’z taqdimotida bankning asosiy ko’rsatkichlari, AT “Aloqabank”ning bank tizimida tutgan o’rni, bank tomonidan korporativ mijozlarga ko’rsatiladigan xizmatlar, xorijiy valyutadagi kreditlar, xorijiy tashkilotlarning kredit liniyalari, bank tomonidan taqdim qilinayotgan chakana xizmatlar, bankning mobil ilovalarining qulayligi to’g’risida batafsil ma'lumot berdi.

Shu bilan birga, AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi K.Irisbekova so’zga chiqib, tadbirdan ko’zlangan maqsad kichik biznesni rivojlantirish bo’yicha muammolarni aniqlash va ularni bartaraf  etish ekanligi to’g’risida ma'lumot berdi.

Bank mijozlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuv shaffof, ochiq holda qizg’in savol-javob tarzida bo’lib o’tdi hamda AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi K.Irisbekova bank mijozlari jumladan, “EXPRESS FRESH FOOD” MChJ, “ATTRACTIVE STONES” MChJ, “PERSPEKTIVE UNION” MChJ, “OS MINORA” MChJ va boshqalar  tomonidan berilgan savollarga shaxsan o’zi aniq javoblar berdi.

Uchrashuv davomida bank mijozlari duch kelayotgan muammolar muhokama qilindi, shuningdek, bank faoliyatini takomillashtirish bo’yicha mijozlar tomonidan takliflar bildirildi va bank mijozlarining muammolari ijobiy hal qilindi.

Uchrashuv natijalariga ko’ra, bank tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarni yanada takomillashtirish va mijozlarning talablarini inobatga olgan holda bank faoliyatini muvofiqlashtirish, bank tomonidan ko’rsatilayotgan xizmat turlari sonini ko’paytirish va sifatini yanada oshirish bo’yicha ishlar amalga oshirilishi kelishib olindi.

Uchrashuv so’ngida, AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi K.Irisbekova yig’ilish ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirgan holda bu kabi uchrashuvlar kelgusida ham o’tkazilishini ta'kidlab o’tdi.

Bank mijozlari bilan o’tkazilgan ushbu uchrashuv bank bilan mijozlar o’rtasida ko’prik vazifasini bajaradi desak mubolag’a bo’lmaydi. 

  

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.