Aloqabankda xodimlar uchun o’quv treninglar yo’lga qo’yildi

Aloqabankda xodimlar uchun o’quv treninglar yo’lga qo’yildi

        AT “Aloqabank”da “Mijozlarga xizmat ko’rsatishda biznes jarayonlarni takomillashtirish va bank xizmatlarini samarali sotishni yo’lga qo’yish” mavzusida o’quv treninglar o’tkazildi. Ushbu treninglar bevosita mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar uchun mo’ljallangan bo’lib, undan ko’zlangan asosiy maqsad – mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishdan iborat.

        Treninglar YeTTB tomonidan akkreditatsiya qilingan mutaxassis Grigor'yeva Valentina tomonidan o’tkazilmoqda. V.Grigor'yeva har bir bo’lim va yo’nalishdagi ish jarayonini batafsil o’rganib, xodimlarga ma’lum auditoriya bilan aniq va to’g’ri yo’nalishda ishlashga ko’mak bermoqda.

        Amaliy o’quv darslari muloqot qurish va biznes jarayonlari misolida o’tkazilayotgan bo’lib, bunda asosiy e’tibor biznes-psixologiyasi, xodimlarning mijozlar bilan ishlashi va o’zaro munosabat o’rnatishidagi muammolarning yechimlariga qaratildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.