Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan 2 kunlik o’quv-seminari o’tkazildi

Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan 2 kunlik o’quv-seminari o’tkazildi

17-18 noyabr kunlari AT «Aloqabank» bosh ofisida AT «Aloqabank» Kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan Amaliyot Boshqarmasi va hududiy filiallardagi Kasaba uyushma qo’mitasi boshliqlariga 2 kunlik o’quv seminari o’tkazildi.

Seminarda Axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining quyidagi xodimlari ishtirok etishdi:

R.To’raeva - Bosh mutaxassis;

Yu.Gapurov - Bosh mutaxassis;

G.Ergasheva - Bosh buxgalter;

A.Axmedov - Bosh yuriskonsult.

Shuningdek, xalqaro toifadagi psixolog G.Maxmudova va AT “Aloqabank” Kasaba uyushma qo’mitasi raisi R.Saxapovalar tomonidan ma’ruzalar o’qildi.

Seminar yakunida Amaliyot boshqarmasi va hududiy filiallardagi  Kasaba uyushma qo’mitalarining  faoliyatini o’rnatilgan tartibga yanada muvofiqlashtirish bo’yicha ko’rsatmalar berildi va ushbu faoliyatga doir qabul qilingan hujjatlar bilan seminar ishtirokchilari tanishtirildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.