Bank xodimining odob-axloq qoidalari bo’yicha seminar o’tkazildi

Bank xodimining odob-axloq qoidalari bo’yicha seminar o’tkazildi

2016-yil 9-noyabrda AT “Aloqabank” Kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan Amaliyot boshqarmasi xodimlariga “Bank xodimining odob-axloq qoidalari” va “Mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish tizimi” to’g’risida seminar o’tkazildi.

Seminarda bank xodimlariga “Bank xodimining odob-axloq qoidalari”ga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risida to’liq ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida xodimlarga prezentatsiya va videomateriallardan foydalanilgan holda 2 soatlik o’quv seminari o’tkazildi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.