Tanlov g'oliblari aniqlandi

Tanlov g'oliblari aniqlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonatlarini jalb qilish bo'yicha respublika tijorat banklari o'rtasida tanlov o'tkazish to'g'risida”gi 2008 yil 31 oktyabrdagi Qaroriga muvofiq respublika tijorat banklari o'rtasida 2015 yil yakunlariga ko'ra aholi bo'sh pul mablag'larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo'yicha tanlov o'tkazildi.

Tanlov g'oliblarini tantanali taqdirlash marosimi Tashkiliy qo'mita raisi – O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.Mullajonov boshchiligida O'zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirdagi asosiy nominatsiyalardan birida, ya'ni «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida  AT «Aloqabank» Navoi filiali g’olib deb topildi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.