«BankExpo-2013 Navoiy»

«BankExpo-2013 Navoiy»

2013 yil 20 iyun kuni Navoiy viloyatida «BankExpo-2013 Navoiy» banklararo milliy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Kurgazmada Navoiy viloyatida faoliyat olib borayotgan banklar tomonidan tashrif buyuruvchlarga bank xizmat turlari va mijozlarga yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va ularga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratilishi bilan bog’liq imtiyoz va imkoniyatlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

Ko'rgazma nihoyasida viloyatda tadbirkorlikni moliyaviy-quvvatlash, mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ta'lim muassasalari bitiruvchilarining tadbirkorlik loyihalarini, shuningdek innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda alohida o'rnak ko'rsatgan banklar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Jumladan, OAT "Aloqabank"ning Navoiy filiali ham ko'rgazmada faol ishtirok etib, "Eng yaxshi axborot bilan ta’minlangan stend" va "Tadbirkorlarning eng yaxshi hamkori va ishonchli tayanchi" nominatsiyalari sovrindori bo'ldi.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.