Telekommunikatsiya xizmatlarini korsatuvchi “yagona oyna” markazlari ishga tushurildi

Telekommunikatsiya xizmatlarini korsatuvchi “yagona oyna” markazlari ishga tushurildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 21 yillik bayrami arafasida “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi shu yilning 22–28-avgust kunlari mamlakatimizning turli hududlarida “yagona oyna” prinsipi asosida faoliyat yuritadigan yana yigirma bitta yangi xizmat ko'rsatish ofislarini ishga tushirmoqda.

Poytaxtimizdagi 218-ATS binosida shunday ofislardan birining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bir vaqtning o’zida Farg‘ona, Andijon, Quvasoy, Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani markazida tashkil qilingan yangi punktlar bilan videoko‘prik namoyish etildi. Videokonferens-aloqa paytida tadbir ishtirokchilari ofislarning jihozlanishi va xizmat ko‘rsatish sifati yuqori saviyada ekanini bevosita ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bu markazlarda “O'zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mijozlari bir joyning o'zida telefon aloqasidan tortib, internet-xizmatlari, CDMA-450 standartidagi statsionar va mobil aloqasiga, IP-telefoniya, IPTV, raqamli televideniyega oid barcha xizmatlar majmuini olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Joriy yilda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimizning turli hududlarida jami 80 dan ziyod shunday ofislarni foydalanishga topshiradi. Bu borada tuman markazlari va qishloqlarda bunday punktlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kompaniya 2011-yilda mamlakatimizda “yagona oyna” prinsipi asosida xizmat ko‘rsatadigan dastlabki 50 ta sotish punktini ishga tushirganini ham ta’kidlash joiz.

 Manba: www.aci.uz

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.