Idoralararo komissiya yig‘ilishi

Idoralararo komissiya yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, radiochastotalarni tanlov yo‘li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish bo‘yicha tanlov o‘tkazildi.

Tanlovga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bitta tele hamda Andijon viloyatida bitta radiochastotalar bo‘yicha kelib tushgan buyurtmanomalar ko‘rib chiqildi va g‘oliblar aniqlandi.

Shuningdek, Komissiya tomonidan teledasturlarni tarqatish va hududini kengaytirish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning litsenziya olish uchun bergan arizalari ko‘rib chiqildi.

Muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: www.uza.uz

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.