2012 yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari muhokama qilindi

2012 yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlari muhokama qilindi
2012 yil 21 iyulda OAT “Aloqabank”ning 2012 yil birinchi yarim yillik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda asosiy e'tibor "Aloqabank"ning 2012 yil birinchi yarim yillik uchun mo‘ljallangan reja-prognozlarini bajarilishiga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlarni to’g’risida”gi PQ-1438 sonli Qaror ijrosini ta'minlashga qaratildi.
Majlisda har bir filial va minibankning faoliyat natijasi hamda reja-prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishi muhokama qilindi. Alohida savollar tanqid ostiga olindi va ular bo’yicha tegishli tegishli qarorlar qabul qilindi.
 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.