OAT "Aloqabank" Namangan filialining yangi binosi

OAT "Aloqabank" Namangan filialining yangi binosi
2011 yil 5 may kuni OAT «Aloqabank» Namangan filialining yangi binosini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Namangan viloyati hokimi B.YUsupov, Namangan shahar hokimi I.Botirov, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentiligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sh.Toshtemirov, OAT “Aloqabank” Boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari M.Abdurahmonov yangi binoning afzalliklari haqida ta'kidlab o‘ttilar.   
Shahar markazi qismida, qulay joylashgan bino, o‘zini nafis me'moriy ko‘rinishi bilan uzoqdan e'tiborni jalb etadi. Keng va shinam xonalar, eng zamonaviy texnika va mebel bilan jihozlangan bu yangi inshoat, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatishda qanchalik qulay ekanligini ko‘rsatib turibti.
Bu уerda so‘zga chiqqan mehmonlar, bank filiali oldida turgan masalalarni hal etishda va uning faoliyatida yangi marralarga erishishda omad tiladilar. 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.