Eng yaxshi innovatsion loyiha

Eng yaxshi innovatsion loyiha

2011 yil - “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb e'lon qilinganligi munosabati bilan ochiq aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida

«Eng yaxshi innovatsion loyiha» tanlovini e'lon qiladi.

 

Tanlov O‘zbekistoning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining innovatsion loyihalarini topish, saralash va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan iborat yirik loyiha.

Tanlov maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga jalb etish va ularni moliyalashtirish yo‘li bilan rag‘batlantirish.  

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari qaysi bank mijozi, tashkil etilish sanasidan qat'iy nazar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish uchun iqtisodiyotning quyidagi ustuvor yo‘nalishlariga tegishli innova¬sion loyihalar qabul qilinadi:

- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish;

- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash;

- eksportbop yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish;

- yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlarni joriy etish;

- xarid qilinadigan yangi texnologiyalar (shuningdek, patent huquqlarini, ixtirolarni joriy etish uchun litsenziyalar, yangi innovatsion xizmatlar, sanoat mahsulotlari namunalari, foydali andozalar);

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan boshqa innovatsion g‘oyalar.

Tanlov shartlari:

a) loyiha umumiy miqdori - 1,5 mlrd. so‘mgacha;

b) loyihada loyiha tashabbuskorining ulushi - 10 foiz;

v) loyihada bank homiyligi ulushi - 10 foiz;

g) loyihada bank krediti ulushi - 80 foiz;

d) loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ishchi o‘rinlari soni - 10-50 ta;

e) loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit muddati - 1-4 yil;

j) loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit foizi - qayta moliyalash stavkasi miqdorida - 12 %;

z) loyihaning rentabellik darajasi - kamida 30 foiz;

i) loyihani moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditni qaytarishga beriladigan imtiyozli davr - 1 yilgacha (mavsumiylik hisobga olinadi).

G‘olib bo‘lgan tanlov qatnashchisiga 2011 yil 31 dekabrga qadar “Tarif ta'tillari” e'lon qilinadi.

Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:

•           mahsulot, texnologiya va xizmatlarni zarurligi va yangiligi;

•           mahsulot sotiladigan bozorlar tavsifi va loyihalarni iqtisodiy ko‘rsatkichlari;

•           loyiha ijrochisini iqtisodiy-tashkiliy salohiyati.

     Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

Birinchi bosqich - OAT “Aloqabank”ning Toshkent shahri va viloyatlardagi barcha filiallari, shuningdek, info@aloqabank.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadigan loyihalarni ro‘yxatga olish va saralash.

Murojaatlar 2011 yil 1 apreldan 30 iyungacha qabul qilinadi.

Ikkinchi bosqich - loyihalarni ekspertizadan o‘tkazish va saralash 2011 yil 1 avgustga qadar amalga oshiriladi.

Uchinchi bosqich - 2011 yil 16 avgustda tanlov g‘olib¬lari e'lon qilinadi va loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Tanlov 2011 yil 1 avgustgacha yakunlanadi va natijalari ommaviy axborot vositalarida hamda “Aloqabank”ning www.aloqabank.uz saytida e'lon qilinadi.

Tanlov yakunida “Aloqabank” g‘oliblar bilan grant berish bo‘yicha shartnomalar tuzadi va imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshiradi.   

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon: (8-371) 252-78-85.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.