“Aloqabank” iqtisodiy nochor korxonalarga 13.9 mlrd. so`mdan ziyod sarmoya kiritdi

“Aloqabank” iqtisodiy nochor korxonalarga 13.9 mlrd. so`mdan ziyod sarmoya kiritdi

“Aloqabank” ochiq aksioner tijorat bankida, 2010 yil natijalariga va joriy yilning 21 yanvarida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti islom Karimovning Vazirlar Mahkamasida qilgan ma’ruzasida, O`zbekiston tijorat banklari oldiga qo`yilgan muhim masalalari muhokamasiga bag`ishlangan, bank kengashining yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Tadbirda aytib o`tilganidek, o`tgan yili “Aloqabank” faoliyati, 2009-2012 yillar uchun Inqirozga qarshi dasturida belgilangan masalalarni amalga oshirishga yo`naltirilgan.

2010 yilda “Aloqabank”da bank likvidliligining mustahkamlanishi va moliyaviy barqarorligini oshirish bo`yicha muhim ishlar a,alga oshirildi. Natijada, bankning xususiy kapitali 2009 yildagi ko`rsatkichga nisbatan 39.9%ga o`sdi, va 2011 yil 1 yanvarga 64.7 mlrd. so`mga yetdi.

Ta’kidlab o`tamizki, bank aktivlari 2009 yil ko`rsatkichiga nisbatan 41.7%ga o`sdi va 344.6 mlrd. so`mni tashkil qildi.

Aholi va xo`jalik sub’yektlarining bo`sh mablag`larini bank depozitlariga jalb qilishni qo`llab quvvatlash bo`yicha qabul qilngan choralar, 2009 yildagiga nisbatan 33.4%ga o`sgan va joriy yilning 1 yanvar holatiga 46.2 mlrd. so`m mablag`idan oshgan qo`yilmalar hajmining o`sishiga olib keldi.

Pozitiv o`zgarishlar, bankning ham kredit, ham sarmoyaviy faoliyatida ro`y bergan. 2010 yilda, “Aloqabank” tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlarning umumiy hajmi 111.3 mlrd. so`mdan oshdi.

Butun faoliyati davomida, bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashiga alohida e’tibor qaratadi. 2010 yil davomida, bank shaxsiy hisobidan iqtisodning bu sektori uchun ajratilgan kreditlar hajmi 80.9 mlrd. so`mni tashkil qildi, shu jumladan, 2009 yilga nisbatan 5.4 marta o`sgan, 10.8 mlrd. so`m summasiga mikrokreditlar ajratilgan.

Ko`rib chiqilayotgan davr ichida, “Aloqabank” iqtisodiy niobarqaror korxonalarni moliyaviy sog`lomlashtirish, ishlabchiqarish boshqaruv mehanizmlarini takomillashtirish va modernizasiyalash, texnik va texnologik yangilanish ishlarini olib borgan. Usbu maqsadda, bank 13.9 mlrd. so`mdan ko`proq mablag`ni sarmoya qildi. “Aloqabank” moliyaviy mablag`lari tufayli, tiklangan korxonalaridagi ishlab chiqarish hajmi 2.8 mlrd. so`mni tashkil qildi.

Majlis doirasida, ishtirokchilar banknning 2011 yil uchun muhim yo`nalishlarini belgiladilar. Shunday qilib, joriy yilda “Aloqabank” 2010 yil natijalarida hukumat tomonidan qo`yilgan masalalarni amalga oshirish ishlari ustida faoliyat ko`rsatadi, shu jumladan, bank tizimini keyingi islohatlari va barqarorligini oshirish, investision faoliyatini, kapitalizasiya darajasini kuchaytirish, aholi ishoinchini kuchaytirishga alohida e’tibor beradi.

Shuningdek, 2011 yil – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb e’lon qilinishi sababli, qabul qilingan Davlat dasturi masalalarini amalga oshirish imkoniyatlari ko`rib chiqildi.

Barcha muhokama qilingan masalalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba: uzreport.com

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.