Erishilgan marralar va yangi rejalar muhokamasi

Erishilgan marralar va yangi rejalar muhokamasi

OAT “Aloqabank”ning 2010 yilgi faoliyati yakunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining shu yil 21 yanvardagi respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yil iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda asosiy e'tibor Aloqabankning o‘tgan yil uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishiga, shuningdek 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan vazifalarning so‘zsiz bajarilishini ta'minlashga qaratildi.

Bugungi kunda OAT “Aloqabank” respublikamizning barqaror moliyaviy muassasalaridan biri, buni "Moody's" kabi уetakchi xalqaro reyting kompaniyasi va «uzA» agentligining "barqaror" degan yuqori reytinglari ham tasdiqlab turibdi.

 O‘tgan yil davomida bankning likvidligini yanada mustahkamlash, uning barqarorligini ta'minlash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Natijada, bankning xususiy kapitali 2009 yilga nisbatan 139,9 foizga oshib, 2011 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 64,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Aholining bo‘sh pul mablag‘larini bank depozitlariga jalb qilishning turli-tuman rag‘batlantirish choralari ko‘rilayotgani, qulay omonat turlari taklif etilayotgani, ularning banklardagi jamg‘armalari qonun bilan kafolatlangani va o‘z vaqtida qaytarilayotgani tufayli omonatlar miqdori 2009 yilga nisbatan 133,4 foizga oshdi. Natijada jamg‘arma miqdori 46,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, bu fuqarolarimizning bankga bo‘lgan yuksak ishonchidan dalolatdir.

Bank aktivlari 2009 yilga nisbatan 141,7 foiz o‘sdi va 344,6 mlrd. so‘mdan oshdi. Bankning kredit va investitsion faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2010 yil davomida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga jami 111,3 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi

O‘tgan yili bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e'tibor berildi. Mazkur sohaga o‘tgan yil davomida bank¬¬ning o‘z mablag‘lari xisobidan 80,9 mlrd. so‘m kreditlar ajratildi, jumladan 10,8 mlrd. so‘m mikrokreditlar berildi bu 2009 yilga nisbatan 5,4 barobarni tashkil etadi.

2010 yilda iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Ushbu maqsadlar uchun bank tomonidan 13,9 mlrd. so‘mmiqdorida investitsiya yo‘naltirildi. Qayta tiklangan korxonalarda ishlab chiqarish xajmi qariyb 2,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.    

Shuningdek, tadbirda joriy yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining yig‘ilishida 2010 yil yakunlariga bo‘yicha ko‘ra belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirish, investitsion faoliyatini kuchaytirish, kapitallashuv darajasini yanada oshirish, aholining bankka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar muhokama etildi. Shuningdek, mamlakatimizda 2011 yilni - "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan bu borada qabul qilinadigan Davlat Dasturida belgilangan vazifalarni bajarish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Majlisda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.