2019 yilning IV choragi davomida

2020 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlari 7 343,64 mlrd. so’mni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga (5 846,63 mlrd. so’m) nisbatan 1 497,01 mlrd. so’m yoki 125,6 foizga o’shdi.

2020 yil 1 yanvar holatiga bank aktivlarining 5 601,83 mlrd. so’mi yoki 76,28 foizi kredit qo’yilmalari hissasiga to’g’ri keldi.

2020 yil 1 yanvar holatiga bank tomonidan muomalaga chiqarilgan plastik kartalar soni 503 253 tani tashkil etib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga (398 056 ta) nisbatan 105 197 taga oshdi va o’sish 126,43 foizni tashkil etdi.

Bugungi kunda bank tomonidan naqd pulsiz to’lov tizimini rivojlantirish va aholidan elektr energiya, tabiiy gaz, telefon aloqasi, kommunal xizmatlari, savdo hamda ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni yig’ishga alohida e'tibor qaratilganligi sababli joylarda 11 499 ta terminal va 4 878 ta elektron E-POS terminallar o’rnatilgan. Bank terminallari soni o’tgan yilning shu davriga (6 338 ta terminal va 3 167 ta E-POS terminallar) nisbatan 6 872 taga ko’paydi va o’sish 172,3 foizni tashkil etdi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.