Toshkent chinni zavodi

Davlatimiz rahbari Olmazor tumanida yangi joyda qad rostlagan Toshkent chinni zavodini borib ko’rdi.

Zavod faoliyatini qayta tiklash maqsadida AT “Aloqabank” tomonidan umumiy qiymati 87 milliard so’mlik loyiha amalga oshirildi.

Zavodda yiliga 30 million dona oshxona idishlari, suvenirlar, binolarning ichki bezaklari ishlab chiqariladi. E'tiborli tomoni shundaki, mahsulotlar yu’z foiz mahalliy xomashyodan tayyorlanadi va xorijga eksport ham qilinadi.

Yangi Chinni zavod faoliyati yo’lga qo’yilishi munosabati bilan 300 ta  yangi ish o’rni yaratildi.

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.