Ma'naviyat kuniga bag'ishlangan davra suhbati

2019-yil 9-sentabrda Ma'naviyat va ma'rifat kuni munosabati bilan “Ma'naviyat – inson ko’zgusi” shiori ostida Aloqabank jamoasi o’rtasida tadbir o’tkazildi. Ushbu tadbirga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi “Ma'naviyat targ'ibotchisi” ta'lim muassasasi bosh metodisti shoir Nasriddin Bobomurodovich Botirov taklif etildi. Shoir milliy ma'naviyatimizning ma'no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida so'z yuritdi. Shuningdek, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an'analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o'rtasida dinlararo bag'rikenglik, millatlararo totuvlik va o'zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida to'xtalib o'tdi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.