Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 27.09.2016

AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2016 yil 27 sentabr soat 09:00 da kuni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank Aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.
  2. AT “Aloqabank”ning 2016 yilning birinchi yarim yillik ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kengashi hisoboti.
  3. AT “Aloqabank”ning 2016 yilning birinchi yarim yillik ish faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik hisoboti.
  4. AT “Aloqabank” aktsiyadorlariga 2016 yilning birinchi yarim yilligi yakuni bo’yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to’lash to’g’risida.
  5. Bank Kengashi a’zolariga ular o’z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to’lash to’g’risida.

2016 yil 21 sentabr kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 286 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 952 602 651 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi Aksiyalarining 899 501 769 donasi yoki 94,43 foizga ega bo’lgan Aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya'ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2016 yil 15 sentabrdagi yig’ilishida 2016 yil 27 sentabrda o’tkaziladigan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, Aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan 3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

I.I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.A.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

A.T.Umarov - komissiya a’zosi

Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

Ovoz berishga qo'yilgan masalalar

Ovoz berish yakunlari

Yoqlash

Qarshi

Betaraflar

%

Soni

%

Soni

%

Soni

1.

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

100,00%

899 501 769

0,00%

0

0,00%

0

 

AT "Alokabank"ning 2016 yilning birinchi yarim yillik ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kengashi hisoboti

100,00%

899 501 769

0,00%

0

0,00%

0

 

AT "Alokabank"ning 2016 yilning birinchi yarim yillik ish faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik hisoboti.

100,00%

899 501 769

0,00%

0

0,00%

0

 

AT "Alokabank" atsiyadorlariga 2016 yilning birinchi yarim yilliri yakuni bo’yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to’lash to’g’risida.

100,00%

899 501 769

0,00%

0

0,00%

0

 

Bank Kengashi a’zolariga ular o’z vazifalarini bajarib turgan davr uchun hak to’lash to’g’risida.

100,00%

899 501 769

0,00%

0

0,00%

0

 

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.