Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 22.02.2016

AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2016 yil 22 fevral kuni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank Aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

1. AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisini tayinlash to’g’risida.

 

2016 yil 16 fevral kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 286 tani tashkil etib, ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 952 602 651 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi Aksiyalarining 919 416 452 donasi yoki 96,52 foizga ega bo’lgan Aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya'ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2016 yil 10 fevraldagi yig’ilishida 2016 yil 22 fevralda o’tkaziladigan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, Aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan 3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

 

I.I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.A.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

A.T.Umarov - komissiya a’zosi

 

Kun  tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

 

Ovoz berishga qo'yilgan masalalar

Ovoz berish yakunlari

           yoqlash

            qarshi

      betaraflar

%

soni

%

soni

%

soni

1.

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.

100,00%

919 416 452

0,0%

 0

0,0%

2.

AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisini tayinlash to’g’risida.

100,00%

919 416 452

0,0%

 0

0,0%

 0

 

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.