Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 28.11.2015

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 28.11.2015

AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2015 yil 28 noyabr kuni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank Aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

1. AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT “Aloqabank”ning 2015 yilning to’qqiz oylik ish faoliyati yakunlari bo’yicha hisoboti.

3. AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi K.Irisbekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to’g’risida.

4. AT “Aloqabank” Aksiyadorlariga 2015 yilning III choragi yakuni bo’yicha bankning imtiyozli Aksiyalari uchun dividendlar to’lash to’g’risida.

 

2015 yil 24 noyabr kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 287 tani tashkil etib, ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi Aksiyalar soni 952 602 651 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi Aksiyalarining 906 507 988 donasi yoki 95,16 foizga ega bo’lgan Aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya'ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2015 yil 17 noyabrdagi yig’ilishida 2015 yil 28 noyabrda o’tkaziladigan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, Aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan 3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

 

I.I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.A.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

A.T.Umarov - komissiya a’zosi

 

Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

 

Ovoz berishga qo'yilgan masalalar

Ovoz berish yakunlari

Yoqlash

Qarshi

Betaraflar

%

Soni

%

Soni

%

Soni

1.

AT “Aloqabank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash

99,998%

906 492 846

0,002%

15 142

0,00%

0

2.

AT “Aloqabank”ning 2015 yilning to'qqiz oylik ish faoliyati yakunlari bo'yicha hisoboti

100,00%

906 507 988

0,00%

0

0,00%

0

3.

AT “Aloqabank” Boshqaruv Raisi K.Irisbekova bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish to'g'risida

100,00%

906 507 988

0,000%

0

0,00%

0

4.

AT “Aloqabank” aksiyadorlariga 2015 yilning III choragi yakuni bo'yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to'lash to'g'risida

97,49%

883 728 359

2,513%

22 779 629

0,00%

0

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.