Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 10.08.2015

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 10.08.2015

AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2015 yil 10 avgust kuni, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi, 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.

Yig’ilishda bank Aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning boshqarma va bo’lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

1.AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. AT “Aloqabank”ning 2015 yilning 1-yarim yillik ish faoliyati yakunlari bo’yicha hisoboti.

3. AT “Aloqabank” Aksiyadorlariga 2015 yilning I yarim yilligi yakuni bo’yicha bankning imtiyozli Aksiyalari uchun dividendlar to’lash to’g’risida.

4. “Mirzacho’l tolasi” XK tugatish sud boshqaruvchisining taklif xati muhokamasi to’g’risida.

2015 yil 4 avgust kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 286 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi Aksiyalar soni 949 183 401 donadan iborat bo’ldi.

Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi Aksiyalarining 826 539 113 donasi yoki 87,08 foizga ega bo’lgan Aksiyadorlar ro’yxatdan o’tdi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya'ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.

Bank Kengashining 2015 yil 28 iyuldagi yig’ilishida 2015 yil 10 avgustda o’tkaziladigan Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, Aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan 3 kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:

I.I.Isroilov - Sanoq komissiyasi raisi

T.A.Qo’rg’onov - komissiya a’zosi

A.T.Umarov - komissiya a’zosi

 

Kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.