Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2011 yil 25 fevral kuni OAT «Aloqabank» faoliyatining 2010 yil IV choragi yakunlari bo‘yicha aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bank aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a'zolari, Bosh bankning boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi. Unda bankning 2010 yil IV choragi ish faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti va bank aksiyadorlariga o‘tgan davr yakuni bo‘yicha bankning imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to‘lash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish ishtirokchilari barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilishdi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.