2010 yil yakunlari bo'yicha aksiyadorlar umumiy yig`ilishi

Shu yil 14 mayda Ochiq aksiyadorlik tijorat «Aloqabank» faoliyatining 2010 yil yakunlari bo‘yicha aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bank aksiyadorlari, Kengashi hamda Boshqaruv a'zolari, bankning boshqarma, bo‘lim boshliqlari va filiallar rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda bankning 2010 yilgi moliyaviy faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotlar tinglandi, muhokama etildi va tasdiqlandi.

Shuni ta'kidlash joizki, bugungi kunda OAT “Aloqabank” respublikamizning barqaror moliyaviy muassasalaridan biri hisoblanadi. Buni "Moody’s" singari уetakchi Xalqaro reyting kompaniyasi va «Ahbor - reyting» agentligining "ijobiy" degan yuqori reytinglari ham tasdiqlab turibdi.

 Shuni aytish kerakki, bank aktivlari 2009 yilga nisbatan 41,7 foiz o‘sdi va 344,6 mlrd. so‘mdan oshib ketdi. Bankning kredit va investitsion faoliyatida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2010 yil davomida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga jami 111,3 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratildi

O‘tgan yil davomida bankning xususiy kapitali 2009 yilga nisbatan 39,9 foizga oshib, 2011 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 64,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Omonatlar miqdori esa 2009 yilga nisbatan 33,4 foizga oshdi. Natijada jamg‘arma miqdori 46,3 mlrd. so‘mga уetdi.

O‘tgan yili bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga 80,9 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratildi, jumladan 10,8 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar berildi, bu – 2009 yilga nisbatan 5,4 barobar oshgan.

Bankning 2011 yil ish faoliyati yakunlari yuzasidan tashqi auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun «DELOITTE & TOUCHE» - auditorlik firmasi tasdiqlandi.

Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdori 50,0 mlrd. so‘m va bank chiqarishi mumkin bo‘lgan, e'lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdori 30,0 mlrd. so‘m etib belgilandi.

Bundan tashqari yig‘ilishda “Aloqabank” Kengashi a'zolari yangi tarkibi saylandi. Ovozga qo‘yilgan boshqa masalalar bo‘yicha ham tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.