Boshqaruv Raisi vazifalari

  • - Bank faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilish, bank Ustavi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bank Kengashi va Boshqaruvi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasno;
  • - Ishonchnomasiz Bank nomidan ish yuritish, barcha Respublika muassasalari, tashkilotlari va korxonalarida hamda chet el davlatlarda bank faoliyatiga oid barcha masalalar bo’yicha ish ko'rish;
  • - Bank Kengashi tomonidan o’rnatilgan tartibga muvofiq ko’chmas mulkdan tashqari bankning barcha mulkini boshqarish;
  • - Shartnoma va bitimlarni, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish.
  • - Ishonchnomalar berish;
  • - Mablag’larni boshqarish huquqiga egalik qilish, shu jumladan xayriya ehsonlarni amalga oshirish,  xizmat safarlari, vakillik va boshqa xarajatlarga ajratiladigan mablag’lar miqdorini belgilash;
  • - Bankning Bosh ofisi, hududiy filiallari va boshqa bo’linmalarining shtat jadvalini tasdiqlash;
  • - Ish haqi va xodimlarning boshqa daromadlari hajmini va shaklini mustaqil ravishda o’rnatish;
  • - Bank xodimlarining lavozim yo’riqnomalarini, xodimlarni rag’batlantirish to’g’risida va bo’linmalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash;
  • - Bankning barcha xodimlariga majburiy bo’lgan buyruq va farmoyishlarni  chiqarish;
  • - Markaziy Bank tomonidan tasdiqlanishi shart bo’lmagan bank faoliyatining uslubiy va instruktiv ishlamalarini tasdiqlash;
  • - Bank faoliyatiga oid boshqa masalalarni ko’rib chiqish va hal qilish.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.