Plastik kartalar

UzCard plastik kartalari

   Batafsil

  • Respublika ichida barcha turdagi to’lovlarni amalga oshirish;
  • Qulay vaqtda bankomatlar orqali naqd pulni yechib oling;
  • Kartani AloqaMobile va boshqa mobil ilovalarga ulang va mablag’laringizni boshqaring;
  • Kartadan kartaga mablag’larni o’tkazing;
  • Karta balansini bankomatlar va Paynet xizmat ko’rsatuvchi shoxobchalari orqali mablag’lar bilan to’ldiring;

Jismoniy shaxlarga kartani rasmiylashtirish narxi (yangi ochish yoki shikastlangan va yoqotilgan taqdirda qaytadan ochish) - BHMning  0,15 barobari miqdorida

Plastik karta ochishga buyurtma berish

Telegram orqali buyurtma berish (Faqat Toshkent shahri bo'yicha)

 

MIR plastik kartalari

   Batafsil

Aloqabank kartalari to'lov amaliyotlari va kassa avanslari berilishi bo'yicha quyidagi 8 davlat shu jumladan, O'zbekistonda ham qabul qilinadi:

  • Rossiya
  • Belarus
  • Qozog'iston
  • Armaniston
  • Qirg'iziston
  • Tojikiston
  • Turkiya

MIR to'lov ilovasi bilan UzCard kartasining afzalliklari:

  • MIR dasturi bilan kartalar hisobraqamiga kiritilgan xalqaro pul o'tkazmalarini qabul qilish;
  • O'zbekistondan tashqarida bo'lgan (Rossiya va yuqorida keltirilgan mamlakatlar) kartalarni naqd pul bilan to'ldirish;
  • Internet orqali to'lov (2020 yilda amalga oshirish rejalashtirilgan).

Jismoniy shaxlarga kartani rasmiylashtirish narxi (yangi ochish yoki shikastlangan va yoqotilgan taqdirda qaytadan ochish) - 25 000 so'm

Plastik karta ochishga buyurtma berish

Telegram orqali buyurtma berish (Faqat Toshkent shahri bo'yicha)

UnionPay-Uzcard kobeydj kartalari

   Batafsil

Kobeydj karta – UzCard va UnionPay to’lov tizimlarining hamkorlikdagi kartasi bo’lib, undan har ikkala to’lov tizimining infrastrukturasida foydalanish mumkin. Kobeydj karta milliy valyutadagi (so’m) yagona hisobraqamga bog’langan bo’lib, so’mni AQSh dollariga bir zumda avtomatik ravishda konvertatsiya qilinishi evaziga uning saqlovchisiga dunyoning 176 ta davlat va mintaqalarida tovar va xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Kobeydj kartalarining afzalliklari:

  • O’zbekiston va dunyoning 176 ta davlat va mintaqalarida foydalanish imkoniyati;
  • Xorijiy valyutada to’lovlar amalga oshirilayotganida milliy valyutadagi mablag’larning avtomatik tarzda konvertatsiya qilinishi;
  • Xalqaro internet saytlardagi xaridlar uchun to’lovlarni amalga oshirish;
  • Kontaktsiz to’lovlarni amalga oshirish – NFC, ko’p bosqichli himoya tizimi.
  • AloqaMobile va mobil ilovalarga ulash imkoniyati;
  • UnionPay infratuzilmasining barcha imtiyozlaridan baxramand olish;
  • UzCard tizimida kartadan-kartaga pul o’tkazmalari;
  • Kobeydj karta foydalanuvchilariga maxsus “Online Sarmoya” omonati joriy qilingan bo’lib, ushbu omonat istalgan vaqt mablag’lar bilan to’ldirish va kerak bo’lgan vaqtda ulardan foydalanish imkoniyatini beradi.

Kontaktsiz texnologiyali kobeydj kartalar (NFC) – radiokanal orqali terminalga to’lov haqida malumotlarni uzatuvchi, chip va antenna bilan jihozlangan kartalardir.

Kontaktsiz kartalardan qanday foydalanish mumkin?

Kontaktsiz to’lovni NFC logotip tushirilgan terminallar orqali amalga oshirish mumkin.

To’lov jarayoni quyidagicha:

  • Karta saqlovchisi kassir tomonidan kiritilgan to’lov summasini tekshiradi;
  • Kontaktsiz karta ma'lumotlarni o’quvchi qurilmaga yaqinlashtiradi;
  • ovozli signal chalinadi hamda ekranda to’lov amalga oshirilganligi haqida malumot ko’rsatiladi;
  • Terminal o’chib yonadi (mablag’larning ikki marta echilishini oldini olish maqsadida).

Chet elda to’lovlar amalga oshirilganida kobeydj karta hisobraqamidan mablag’lar bankning valyuta ayirboshlash punktlarida AQSh Dollariga nisbatan o’rnatilgan sotuv kursi bo’yicha so’mda yechib olinadi.

Plastik kartochka olish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan bank filiallarga murojaat qilishingiz lozim. Bundan tashqari, kobeydj kartaga quyidagi havola orqali buyurtma berishingiz mumkin.

Jismoniy shaxlarga kartani rasmiylashtirish narxi (yangi ochish yoki shikastlangan va yoqotilgan taqdirda qaytadan ochish) - 25 000 so'm

Plastik karta ochishga buyurtma berish

Telegram orqali buyurtma berish (Faqat Toshkent shahri bo'yicha)

 

HUMO kartalari

    Batafsil

  • Respublika ichida barcha turdagi to’lovlarni amalga oshirish;
  • Qulay vaqtda bankomatlar orqali naqd pulni yechib oling;
  • Kartani AloqaMobile va boshqa mobil ilovalarga ulang va mablag’laringizni boshqaring;
  • Kartadan kartaga mablag’larni o’tkazing;
  • Konaktsiz to’lovlarni amalga oshiring. 

Jismoniy shaxlarga kartani rasmiylashtirish narxi (yangi ochish yoki shikastlangan va yoqotilgan taqdirda qaytadan ochish) - 10 000 so'm

Plastik karta ochishga buyurtma berish

Telegram orqali buyurtma berish (Faqat Toshkent shahri bo'yicha)

VISA Classic

  Batafsil

VISA Classic xalqaro plastik kartalari – dunyoning har qanday burchagida qulay

VISA xalqaro plastik kartasi afzalliklari:

  • Dunyoning 200 tadan ortiq davlat va hududlarida qabul qilinishi;
  • Dunyo bo’yicha 2.6 milliondan ortiq bankomatlar;
  • Onlayn to’lovlarni amalga oshirish;
  • Aloqabank kassalari orqali naqd shaklda xorijiy valyutani (AQSh dollari) yechib olish;
  • AloqaMobile dasturi orqali onlayn konversiya;
  • AloqaMobile dasturi orqali mablag’larni boshqarish;
  • Bitta hisob raqam – ikkita karta (oilaviy karta);

Jismoniy shaxlarga kartani rasmiylashtirish narxi (VISA migrant va VISA XPO' bundan mustasno):

Birinchi marta - bepul

bosha vaziyatlarda - 30 000 so'm

VISA kartasini ochish uchun ariza

Telegram orqali buyurtma berish (Faqat Toshkent shahri bo'yicha)

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.