Iste’mol krediti

Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (ko’rsatilgan xizmatlar ) ni sotib olish uchun beriladigan kredit turi hisoblanadi.

Iste’mol kreditining asosiy shartlari:

Kredit miqdori

Kredit muddati

Yillik foiz stavkasi

Kredit ajratish shakli

Kredit ta`minoti

Qarz oluvchining daromadlarini inobatga olgan holda shartnomaga hamda taqdim qilinayotgan garov qiymatiga muvofiq

 

12 oygacha

 

24%

Tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning hisobvarag’iga pul o’tkazish yo’li bilan

-BHMning 100 barobarigacha kafillik;

-BHMning 100 barobaridan yuqori kreditlar uchun likvidli mol-mulk garovi;

12 oygacha

0%

Bank bilan tuzilgan Bosh shartnomaga asosan Hamkor tashkilotlarning hisobvarag’iga pul o’tkazish yo’li bilan

Kredit qaytmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi yoki uchinchi shaxs kafilligi

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

 

1. Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBP hisobraqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);

2. Passport nusxasi;

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi);
  • Ish joyidan ishlashi  va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (lavozimi, SHJBP hisobraqami hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim)

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni

Surxondaryo va Mirobod (kompleks xizmat ko’rsatish markazlari bundan mustasno) filiallarida kredit ajratish amaliyoti vaqtincha to’xtatilgan

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.