Ipoteka

AT «Aloqabank» tomonidan jismoniy shaxslarga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-sonli «Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq ko’p kvartirali uylardagi kvartiralarni sotib olish uchun hamda Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida 2020 yil 1 mayga qadar jismoniy shaxslarga qonunda belgilangan tartibda uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) uchun ajratiladigan ipoteka krediti shartlari

(Ushbu ipoteka kreditlari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan resurs mablag’lari ajratilgandan so’ng taqdim etiladi)

Ipoteka krediti asosiy shartlari

Kredit muddati

20 yilgacha

Imtiyozli davr

Imtiyozli davrsiz

Boshlang’ich badal miqdori

  Ko’p kvartirali uylardan kvartira sotib olishda, sotib olinadigan kvartira qiymatining:

  • qishloq joylarda – kamida 10 foizi;
  • shaharlarda – kamida 20 foizi miqdorida.

  Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish)da:

  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining kamida 10 foizi miqdorida.

Kredit yillik foiz stavkasi*

 Bozor tamoyillari asosida Bank va Mijoz o'rtasida tuziladigan kredit shartnomasiga asosan belgilanadi. 

Ta’minot turi

  • sotib olinayotgan ko’p kvartirali uydagi kvartira garovi;
  • qo’shimcha ravishda boshqa mol-mulk garovi va/yoki uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) uchun ipoteka krediti ajratilayotganda ta’minot sifatida boshqa likvidli mol-mulk garovi olinadi (qurilayotgan (qayta qurilayotgan) uy-joy garovga taqdim qilinganda garov mulki almashtirilishi mumkin).
 

*Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi.

Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

a) Ariza;

b) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi);

c) Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning  ish joyi va lavozimi, STIR va shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’i raqami ko’rsatilgan oxirgi 12 oylik (12 oydan kam ishlangan taqdirda – ishlangan davr uchun) daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;

d) Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (qayta qurish) bo’yicha shartnoma;

e) Subsidiya xabarnomasi (Subsidiya ajratish to’g’risida ijobiy xulosaga ega bo’lgan shaxslar uchun);

f) uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalariga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) nusxasi (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);

g) yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);

h) qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tashkilot(lar) tomonidan ruxsat berilganligi to’g’risida hujjat (Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);

i) kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.

 

Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim:

- ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 50 (ellik) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;

- doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq har oyda to’lash uchun etarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan shaxslar;

- Qarz yuki ko’rsatkichi (ipoteka krediti bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 (etmish) foizdan yuqori bo’lmagan shaxslar;

- ipoteka krediti olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining:

a) qishloq joylarda – kamida 10 (o’n) foiz;

b) shaharlarda – kamida 20 (yigirma) foizi miqdorida (shu jumladan, subsidiya to’lanadigan shaxslar bo’yicha subsidiya summasini inobatga olgan holda) boshlang’ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;

- Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlari va Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (qayta qurish) ishlari qiymatining kamida 10 (o’n) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;

- sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to’lash) imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;

- ipoteka kreditini ajratishni ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan shaxslar.

Mijoz va Birgalikda qarz oluvchining Qarz yuki ko’rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda, ularning Bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 (ellik) foizi Mijozning Qarz yuki ko’rsatkichini hisoblashda qo’shilishi mumkin.

Qarz yuki ko’rsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchining o’rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.

Kreditni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash har oyda teng miqdorlarda, ya’ni annuitet usulida Bank va Qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi hamda to’lov grafigi bo’yicha amalga oshiriladi.

Foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun subsidiyalar olish huquqiga ega bo’lgan Qarz oluvchilarning foiz xarajatlarining bir qismi har oyning 25-sanasigacha hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan Qarz oluvchining Bank tomonidan ko’rsatilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi.

Uy-joylarning hisoblangan qiymati, ipoteka krediti va boshlang’ich badal miqdori

Ming so’mda

Hudud

Uyning hisoblangan qiymati

Ipoteka kreditining eng ko’p miqdori

Boshlang’ich badalning eng kam miqdori

1.

2 xonali kvartira uchun

1.1

Qishloq joylarda

266 667

240 000

26 667

1.2

Shaharlarda

300 000

240 000

60 000

1.3

Toshkent shahrida

330 000

264 000

66 000

2.

3 va undan ko’p xonali kvartira uchun

2.1

Qishloq joylarda

355 556

320 000

35 556

2.2

Shaharlarda

400 000

320 000

80 000

2.3

Toshkent shahrida

440 000

352 000

88 000

Sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi Mijoz tomonidan o’z mablag’lari va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to’lanadi.

Sotib olinadigan kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshib ketgan miqdorini banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobidan to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.