Avtokredit

Avtokredit- “UzAutoMotors“ ning rasmiy dilerlaridan avtomobil xarid qilish uchun mo’ljallangan  kredit turi.

Avtokreditning asosiy shartlari:

Muddati

Yillik foiz stavkasi

Boshlang’ich badal

Imtiyozli davr

1 yilgacha

23 %

Kredit summasining 50 foizi miqdorida

Imtiyozli davrsiz

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • Sotib olinayotgan transport vositasi (transport vositasi kredit muddatiga mos ravishda sug’urtalanishi lozim);
  • Sotib olinayotgan transport vositasi garovi taqdim qilingunga qadar kredit qaytmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • Kredit summasining 50 foizi miqdorida omonat garovi (sotib olinayotgan transport vositasi garovi rasmiylashtirilgandan so’ng omonat garovi mablag’i to’liq miqdorda kredit so’ndirishga yo’naltiriladi).

Avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  •   Pasport nusxasi;
  •  “UzAutoMotors“ rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi. Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha  ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.

Ta’minotga doir hujjatlar:

  • Sotib olinayotgan avtotransport vositasi summasining 40-50 foizi miqdorida omonat garovi

Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxs kafilligi taqdim etilsa, kafil shaxsdan talab etiladigan hujjatlar

Kafil jismoniy shaxs bo'lganda:

  • Pasport nusxasi (asli ko'rsatiladi)

Kafil yuridik shaxs bo'lganda:

  • Kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari
  • Auditor xulosasi
  • Kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • Ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma)

Ushbu kredit turini ajratish Surxondaryo va Mirobod filiallarida vaqtincha to'xtatilgan (kompleks xizmar ko'rsatish markazlari bundan mustasno)

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.