Mikrokreditlar

AT "Aloqabank" shaxsiy yordamchi xo'jaliklarga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish, shuningdek parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish hamda ixcham issiqxonalar qurish uchun mikrokreditlar ajratmoqda. Shaxsiy yordamchi xo'jalik deganda, shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi fuqarolarga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila a'zolarining shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini etishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida sotish bilan shug'ullanadigan oilaviy xo'jalik tushuniladi.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Miqdori - 100 mln. so'mgacha;

Kredit muddati: 3 yilgacha (asosiy qarzdan 3 oygacha imtiyozli davr)

Kredit maqsadi:

  • ishlab chiqarish uchun;
  • bino inshootlar sotib olish uchun;
  • asbob-uskunalar va jihozlar sotib olish uchun.

Kredit ta'minoti:

  • bino inshootlar;
  • avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari;
  • uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • sug‘urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit uchun ariza;
  • biznes reja;
  • moliyaviy hisobotlar.
Ta'minot hujjatlari :
Garov bo'lsa:
  • mulkni baholash hisoboti;
  • kadastr hujjatlari, texpasport, va/yoki texnadzor;
  • garovga qo'yish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni.
Uchinchi shaxs kafilligi bo'lsa:
  • kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • auditor xulosasi;
  • kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).
Sug'urta bo'lsa:
  • sug'urta shartnomasi.
 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.