Lizing operatsiyalari

AT «Aloqabank» o`z mijozlariga, uchinchi shaxs (sotuvchiga) keyin qaytarib sotib olish mulk summasini to`lash  - moliyaviy lizing - kreditlash turini taqdim etadi. Lizing – bu biznesga sarmoyalar kiritishning qulay shakli. Lizing evaziga sotib olingan ob’ektdan bir yula foydalanib, ob’ekt sotib olingan mablag‘ni ma’lum muddatda qaytarish sharti bilan mavjud biznesni kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki faoliyatning yangi yo‘nalishini ochish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna, texnika yoki avtotransportni sotib olish mumkin.

Lizingning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Summa - lizing obyekti qiymatining 70 foizi;
  • Muddati - 5 yilgacha (asosiy qarzdan 3 oygacha imtiyozli davr);
Lizing maqsadi:
  • lizing obyekti (mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari).

Lizing ta'minoti:

  • lizing obyekti;
  • bino inshootlar;
  • avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari;
  • uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • sug'urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • lizing buyurtmasi (ariza);
  • biznes reja;
  • moliyaviy hisobotlar;
  • lizing obyektining texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari va uning sotuvchisi to'g'risidagi ma'lumotnoma.
Ta'minot hujjatlari :
Garov bo'lsa:
  • mulkni baholash hisoboti;
  • kadastr hujjatlari, texpasport, va/yoki texnadzor;
  • garovga qo'yish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni.
Uchinchi shaxs kafilligi bo'lsa:
  • kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • auditor xulosasi;
  • kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).
Sug'urta bo'lsa:
  • sug'urta shartnomasi va polisi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.