Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar

Aylanma mablag'larini to'ldirish uchun kreditlar xo'jalik yurituvchi subyektlarning bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarini, ya’ni tovar-moddiy zahiralar uchun haq to’lash, yoki xom ashyo sotib olish kabi xarajatlarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.

Kreditning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Summa - korxonaning oxirgi 1 yillik hisobraqam aylanmasining 50% gacha;
  • Muddati - 12 oygacha;

Kredit ta'minoti:

  • bino inshootlar;
  • avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari;
  • uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • sug‘urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • kredit uchun ariza;
  • biznes reja;
  • moliyaviy hisobotlar.
Ta'minot hujjatlari :
Garov bo'lsa:
  • mulkni baholash hisoboti;
  • kadastr hujjatlari, texpasport, va/yoki texnadzor;
  • garovga qo'yish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni.
Uchinchi shaxs kafilligi bo'lsa:
  • kafil bo'layotgan korxonaning buxgalteriya balansi va ilovalari;
  • auditor xulosasi;
  • kafillik berish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni;
  • ta'sis hujjatlari (guvohnoma, nizom, ta'sis shartnoma).
Sug'urta bo'lsa:
  • sug'urta shartnomasi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.