Bank kafolati

Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyat (kafolat). Bank xizmatlarining ushbu turi mijozning kontragentlar va boshqa banklar oldidagi majburiyatlarining bajarilishini kafolatlaydi.

Kafolatlarni berishda mijoz bilan shartnoma tuziladi, unda bank kafolatini berish tartibi, uning shartlari, to‘lov shartlari va tomonlarning o‘zaro majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Ayrim hollarda ushbu shartnoma kredit shartnomasiga o‘xshab ta’minotni talab qiladi. Bank kafolatini olish uchun mijoz bankka kredit olish uchun o‘rnatilgan ro‘yxatga ko‘ra hujjatlarni taqdim etadi.

Kafolatning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Summa - shartnoma summasidan kelib chiqqan holda;
  • Muddati - shartnoma muddatlaridan kelib chiqqan holda.

Lizing ta'minoti:

  • bino inshootlar;
  • avtotransport va/yoki maxsus texnika vositalari;
  • sug'urta polisi.

Zaruriy hujjatlar:

  • ariza;
  • biznes reja;
  • moliyaviy hisobotlar;
  • oxirgi moliyaviy hisobot yiliga auditorlik xulosasi.
Ta'minot hujjatlari :
Garov bo'lsa:
  • mulkni baholash hisoboti;
  • kadastr hujjatlari, texpasport, va/yoki texnadzor;
  • garovga qo'yish bo'yicha ta'sischilar rozilik majlis bayoni.
Sug'urta bo'lsa:
  • sug'urta shartnomasi va polisi.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.