Faktoring xizmatlari

Faktoring — bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-etkazib beruvchilarni ular yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovchilar tomonidan aktseptlangan, lekin ular tomonidan to’lanmagan to’lov talabnomalari bo’yicha to’lov olish huquqini bankka — moliyaviy agentga regress huquqisiz o’tkazib berishi evaziga moliyalashtirish bo’yicha bank xizmatining turidir.

Faktoringning asosiy shartlari:

  • Valyuta - So'm;
  • Summa - debitorlik qarzdorligi miqdorida;
  • Muddati - 90 kungacha;
Faktoring maqsadi:
  • debitorlik qarzdorlikni sotib olish uchun.

Faktoring ta'minoti:

  • sotib olingan debitorlik qarzdorlik;

Zaruriy hujjatlar:

  • belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan va to'lovchi tomonidan imzolangan oldi-sotdi, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatish shartnomalari;
  • moddiy boyliklar berilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar ko'rsatilganini tasdiqlaydigan hujjatlar;
  • to'lovchi tomonidan boshqa banklarda ochilgan hisobvaraqlar ro'yxati.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.