Ofis va Bankomatlar
Qidirmoq

Savollar va javoblar

Siz uchun tez-tez so'raladigan savollar ro'yxatini tuzdik.

Plastik kartalar

Hurmatli mijoz, Aloqabank respublikamiz bo'ylab keng filiallar tarmog'iga ega, mijozlarimizning qulayligi uchun biz xaritada ularning joylashuvini, ish rejimini ko'rsatdik. O'zingiz uchun qulay filialda kartangizni yangidan ochtirishingiz mumkin.

3 ish kuni mobaynida

Balansni "Zoomrad" mobil ilovasi orqali, shuningdek, bankomatlar yoki Aloqabank kassalari orqali tekshirishingiz mumkin.

Kartani ochish uchun siz "Zoomrad" rasmiy ilovasini yuklab olishingiz so'ngra ro'yxatdan o'tib kartaga onlayn buyurtma qilishingiz yoki bankning istalgan qulay filialiga pasport bilan kelib rasmiylashtirishingiz mumkin. Kartani chiqarish uchun komissiya bank tariflariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bankomatlar, terminallar orqali balansni tekshirishingiz yoki SMS-xabarnoma xizmatiga ulanishingiz mumkin.

Infokiosk / ATMda yoki bank filialida. (barcha kartalar bankomatlar orqali SMS-xabarlarni ulashi mumkin emas - batafsil ma'lumot uchun operatorlarga 71-230-77-77 raqami orqali murojaat qiling)

Hurmatli mijoz ushbu kartani chiqargan filialga murojaat qilishingiz kerak. (qo'shimcha ma'lumot olish uchun 71-230-77-77 raqamiga murojaat qiling)

Kontaktsiz to’lovni NFC logotip tushirilgan terminallar orqali amalga oshirish mumkin.

To’lov jarayoni quyidagicha:

  • Karta saqlovchisi kassir tomonidan kiritilgan to’lov summasini tekshiradi;
  • Kontaktsiz karta ma'lumotlarni o’quvchi qurilmaga yaqinlashtiradi;
  • ovozli signal chalinadi hamda ekranda to’lov amalga oshirilganligi haqida malumot ko’rsatiladi;
  • Terminal o’chib yonadi (mablag’larning ikki marta echilishini oldini olish maqsadida).

Chet elda to’lovlar amalga oshirilganida kobeydj karta hisobraqamidan mablag’lar bankning valyuta ayirboshlash punktlarida AQSh Dollariga nisbatan o’rnatilgan sotuv kursi bo’yicha so’mda yechib olinadi.

Plastik kartani olish uchun shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan bank filialiga murojaat qilishingiz kerak. Shuningdek, siz quyidagi havola orqali qo'shma nishon kartasiga buyurtma berishingiz mumkin.

Kredit mahsulotlari

Ha, AT "Aloqabank" O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar uchun iste'mol kreditlari taqdim etadi

Iste'mol kreditlari 1 yildan 2 yilgacha muddatga yillik 25% da beriladi.

Afsuski, Kafilsiz rasmiylshtirish imkoni mavjud emas.

Iste'mol krediti pul mablag'larini tovarlar ishlab chiqaruvchisi / realizatorining omonat hisobvarag'iga yoki xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilot hisobiga o'tkazish yo'li bilan taqdim etiladi.

Yo'q, hozirgi vaqtda bankdan ikkilamchi bozordan kvartira/uylar uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirish imkoni mavjud emas.

Yo'q, chunki ipoteka kreditini olishda dastlabki to'lov mavjudligi qonun bilan tartibga solinadi.

Boshlang'ich to'lovning eng kam miqdori, uy joy qiymatining 15% miqdorida.

Afsuski kredit olish uchun doimiy ish joyiga ega bo'lishingiz kerak.

Omonatlar

Siz uchun qulay bo'lgan har qanday filialga pasport bilan murojaat qilishingiz va qulay omonat turini ochishingiz mumkin, yoki bankining rasmiy Zoomrad ilovasi orqali onlayn omonatni ochishingiz mumkin.

Omonat muddati tugagandan so'ng pul mablag'lari muddatli hisobdan talab qilib olinguncha omonat hisobvarag'iga o'tkaziladi va omonatchining bankka murojaat qilguniga qadar u yerda saqlanadi.

Ha, omonat muddati tugagandan so'ng va muddatidan oldin pul mablag'laringizni yechib olishingiz mumkin

(batafsil ma'lumot uchun 71-230-77-77 raqamiga murojaat qiling)

Omonat shakliga qarab, agar siz bank filialiga omonat qo'ygan bo'lsangiz, omonat daftarchasi va pasportni taqdim etish uchun omonat ochilgan joyga murojaat qilishingiz kerak. Agar onlayn omonatni ochgan bo'lsangiz, "Zoomrad"ilovasi orqali pulni yechib olishingiz mumkin.

Afsuski, omonat mablag'larini bankomatlar orqali yechish imkoniyati mavjud emas.

Siz ochishingiz mumkin bo'lgan maksimal omonat miqdori bank tariflari bilan belgilanadi.

16 yildan boshlab, pasport bilan.

Talab qilib olinguncha omonatlar, muddatli omonatlar, jamg'arma omonatlari

Pul o'tkazmalari

Siz uchun qulay bo'lgan har qanday filialga pasport bilan murojaat qilishingiz va bir necha daqiqada dunyoning barcha davlatlariga pul o'tkazmasini yuborishingiz kerak. (To'liq ro'yxat uchun pul o'tkazmalari sahifasiga o'ting)

Hozirda bunday imkoniyat mavjud emas.

Ha, pul o'tkazmalari tizimiga qarab.

Siz pul o'tkazmalaridagi tariflar haqidagi ma'lumotlarni bevosita veb sahifa orqali yoki 71-230-77-77 raqamiga qo'ng'iroq qilib bilib olishingiz mumkin

Pul o'tkazmasi amalga oshiriladi, lekin pul mablag'larini olishda rad etilishi mumkin. Bunday holda, kerakli o'zgarishlarni amalga oshirish uchun pul yuborilgan filialga shaxsan murojaat qilish kerak bo'ladi.

Bugungi kunda siz quyidagi xizmatlardan foydalanishingiz mumkin:

  • Western Union
  • Money Gram
  • Unistream
  • Золотая корона
  • Ria money transfer
  • Contact

Hisob-kassa xizmati

  • Через службу инкассации;
  • Осуществление путем собственного предоставления в кассу банка (саманос).

Оформить удобную и надежно защищенную дебетовую карту выгодно всем: домохозяйкам, служащим, предпринимателям. На это существует несколько причин:

  • по заработной плате и приравненным к ней платежам (бюджет, организации, взятые на мониторинг, контингент, пенсия, стипендия, служебная командировка и другие предприятия);
  • Закупка продовольственных товаров (заготовительные организации)
  • для получения доли из уставного фонда (на основе решения общего собрания учредителей);
  • получения дивидендов (согласно решению общего собрания акционеров).

Ish haqi loyihalari

Faqat karta egasi (jismoniy shaxs) yoki tashkilotning ishonchnomasi bo'yicha ishonchli shaxs.

Ha, siz turli ish beruvchilarning ish haqini o'tkazish uchun bitta kartadan foydalanishingiz mumkin.

Valyuta operatsiyalari

O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va to’lovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu Qonunda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno.

Shu bilan bir qatorda, mazkur Qonunga binoan respublika hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklar orqali amalga oshiriladi. Banklardan tashqari valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki sotish O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi va Jinoyat kodeksida belgilangan javobgarlikka sabab bo’ladi. Тa’kidlash joizki, mazkur qonun hujjatlarini buzgan aybdor shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli choralar ko’rib boriladi.

Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-sonli Farmoniga asosan valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Хorijiy valyutalarni so’mga nisbatan kursi to’g’risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy saytida (www.cbu.uz) joylashtirilib boriladi. Mazkur ma’lumotlarni elektron shaklda (Excel faylida) olish mumkin.

Markaziy bankning saytidan olingan xorijiy valyutalarning kursi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy hisoblanadi va so’rovchi tomonidan mazkur saytdagi ma’lumotlar qayta tekshirilib olinishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to’g’risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish bo’yicha operassatsiyalar, milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga bo’lgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi bo’yicha amalga oshiriladi.

O’z navbatida, valyuta bozoridagi talab va taklif darajasi hamda alamashuv kursining o’zgarishi mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyat, xususan to’lov balansi, shu jumladan, tashqi savdo balansining holati kabi omillar ta’sirida shakllanib boradi.

Internet «magazinlar»da tovarlarni xarid qilishda onlayn to’lovlarni xalqaro to’lov kartalaridan (masalan, VISA, MasterCard va boshqalar) foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Mazkur kartalar respublikamizning banklari tomonidan muomalaga chiqariladi.

Rezident–jismoniy shaxslarga tijorat banklar tomonidan chet el valyutasini xalqaro to’lov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish banklarning konversion operassatsiyalar bo’limlari orqali amalga oshiriladi.

Bunda, rezident–jismoniy shaxs chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat bankining konversion operassatsiyalar bo’limiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, O’zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki O’zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun harbiy bilet) mijozning nomiga ochilgan xalqaro to’lov kartasi hamda valyuta ayirboshlash operassatsiyalarini amalga oshirish uchun milliy valyutada bank hisob-raqamida eyetarli miqdorda pul mablag’lari mavjud bo’lgan shaxsiy bank kartasini taqdim etganda amalga oshiriladi.

Rezident-jismoniy shaxslarning shaxsiy kartasida eyetarli miqdorda milliy valyutadagi mablag’ bo’lmagan taqdirda, shaxsiy karta emitent bankning istalgan filialida naqd milliy valyutani bank kassasiga topshirish orqali to’ldirilishi mumkin.

Shaxsiy kartada milliy valyutadagi mablag’ eyetarli bo’lganda, rezident-jismoniy shaxs tomonidan bankka chet el valyutasini sotib olish uchun ariza orqali murojaat etiladi.

Milliy valyutadagi mablag’ tijorat bankning operassatsiya bajariladigan kundagi chet el valyutasini sotish kursi bo’yicha to’lov terminali orqali eyechib olinadi va rezident-jismoniy shaxsning xalqaro to’lov kartasiga o’tkazib beriladi.

Bank va rezident-jismoniy shaxs o’rtasidagi munosabatlar chet el valyutasida bank hisobvaraqlarini ochish bo’yicha ikki tomonlama shartnoma talablari asosida tartibga solinib, mazkur shartnomada xalqaro to’lov kartasidan foydalanish qoidalari ko’rsatiladi.

Тashqi savdo shartnomalari bo’yicha axborotlarni Тashqi savdo operassatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (ТSOYaEAТ) kiritish «EYe-Kontrakt» yoki «VED kontrakt» dasturlari orqali amalga oshiriladi. Ushbu dasturlarda ishlash tartibi xizmat ko’rsatiluvchi bank tomonidan tushuntiriladi. Shuningdek, xizmat ko’rsatuvchi banklar Тashqi savdo shartnomalari bo’yicha axborotlarni Тashqi savdo operassatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (ТSOYaEAТ) kiritishda ham yordam berishlari mumkin.

Qonunchilikka muvofiq beg’araz yordam oluvchilarning hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Тashqi iqtisodiy faoliyat milliyMilliy banki va «Asaka» akssiyadorlik tijorat banklarining zimmalariga yuklangan.

Shu munosabat bilan, hisob raqamingizga xorijiy tashkilotlardan beg’araz yordam mablag’lari kelib tushganda O’zbekiston Respublikasi Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va «Asaka» Asakaakssiyadorlik tijorat banklariga maxsus hisob raqam ochish uchun murojaat etishingiz zarur. O’z navbatida, kelib tushgan mablag’larni sizning maxsus hisob raqamingizga o’tkazish uchun yuqoridagi banklarga topshiriqnoma berishingiz lozim.

Qonunchilikka muvofiq tashqi qarzni jalb etish bilan bog’liq valyuta operassatsiyasini amalga oshirish uchun talab qilib olguncha asosiy hisob raqam ochilgan bankka ariza, qarz shartnomasi va unga tegishli hujjatlarni topshirish lozim.

Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo’lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo’lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo’yilgan bo’lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo’lishi kerak.

Yuqoridagi hujjatlar topshirilgandan so’ng bank qarz shartnomasi bo’yicha kelib tushgan mablag’larni korxonaning hisob raqamiga o’tkazadi.

Amaldagi qonunchilikka ko’ra jismoniy shaxslar O’zbekiston Respublikasiga olib kirilgan va jo’natilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasidan olib chiqilgan va jo’natilgan valyuta boyliklariga ega bo’lishi va ushbu valyuta boyliklarini erkin tasarruf etishi mumkin.

Хalqaro pul o’tkazmalari jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday to’siqlarsiz amalga oshiriladi va xalqaro pul o’tkazmalari orqali yuborilgan pul mablag’lari yuborilgan xorijiy valyutada qabul qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4861-sonli Farmoniga asosan O’zbekiston Respublikasi hududida mehmonxonalarda va boshqa joylashtirish joylarida xorijiy fuqarolarga hamda O’zbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga ega bo’lmagan, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga, joylashtirish bo’yicha xizmatlarga shu jumladan turizm faoliyati sub’ektlari orqali haq to’lash faqat erkin almashtiriladigan valyutada amalga oshiriladi, ular uchun to’lov respublikaning taklif etuvchi davlat va byudjet tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan holatlar bundan mustasno.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 24 oktyabroktabrdagi «Respublikada naqd xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish choralari to’g’risida»gi PF-1601-sonli farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi hududida yuridik va jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlar, shu jumladan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan barcha turdagi ishlar va xizmatlar haqini, shu jumladan maosh va unga tenglashtirilgan to’lovlarni berishda naqd xorijiy valyutada hisob-kitoblar hamda to’lovlarni amalga oshirishlari qatiyan man qilingan.

Mazkur to’lovlar O’zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasida, shuningdek so’mlarni respublika tijorat banklaridagi tegishli hisobvaraqlarga o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Norezidentlar uchun to’lovlar yuqorida ko’rsatilgan to’lov shakllari bilan bir qatorda xorijiy valyutani ularning O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi valyuta hisobvaraqlariga o’tkazish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.

Axborot markazi

beta-versiya