Ofis va Bankomatlar
Qidirmoq
71 230 77 77
Yoshlarning alohida toifasi uchun kredit

Yoshlarning alohida toifasi uchun kredit

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlariga hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag’lari hisobidan yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joy qurish uchun ajratiladigan kredit shartlari.

33 mln. so'mgacha kredit miqdori 17-dan % yillik foiz stavkasi 20 yil kredit muddati

Yoshlarning alohida toifasi uchun kredit

Предварительный расчет. Не является публичной офертой
Kredit miqdori
Boshlang'ich to'lov
Skoring o'tish
0 so'm Oylik to'lov
0% Yillik foiz stavkasi
Onlayn ro'yxatdan o'tish
Расчет стоимости annuitet

Kreditlash shartlari:

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlariga hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mablag’lari hisobidan yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joy qurish uchun ajratiladigan kredit shartlari.

Kredit miqdori Kredit muddati Kredit yillik foiz stavkasi Imtiyozli davr

33 million so’mdan

20 yil

Shaharlarda - 18%

Yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joyni qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida

33 million so’mdan

20 yil

Qishloq joylarda - 17%

Yakka tartibdagi xonadonida qo’shimcha uy-joyni qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida


Ta’minot turi:

  • “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun – “Saxovat va ko’mak” jamg’armasining kafilligi;
  • “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun – “Ayollar daftari” jamg’armasining kafilligi;
  • “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar uchun – “Yoshlar daftari” jamg’armasining kafilligi.

Kreditning foiz stavkasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa – o’zgarishsiz qoladi.

Qarz oluvchidan talab etiladigan hujjatlar ro’yxati:

  • Mijoz (birgalikda qarz oluvchi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (fuqarolik pasporti yoki shaxsning identifikatsiya ID-kartasi). Bunda, bank xodimi tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning aslidan nusxa olinadi);
  • Yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish uchun qurilish materiallari sotib olish va (yoki) qurilish ishlarini bajarish bo’yicha shartnoma(lar);
  • Mijozning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • Mijoz va turmush o’rtog’ining ikkalasi ham birinchi marotaba turmush qurganligi to’g’risida ma’lumotnoma;
  • Qo’shimcha uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) nusxasi;
  • Qo’shimcha uy-joy quriladigan yakka tartibdagi xonadonning kadastr hujjati nusxasi;
  • Qo’shimcha uy-joyni qurish ishlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi;
  • kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi. Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) tomonidan taqdim qilinadi.

Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim:

  • kredit olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 30 (o’ttiz) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari
  • “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar bo’lishi (bunda, nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan va ikkala tomon ham birinchi marotaba nikohdan o’tgan bo’lishi lozim);
  • doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq har oyda to’lash uchun etarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan shaxslar;
  • Qarz yuki ko’rsatkichi 70 (yetmish) foizdan yuqori bo’lmagan shaxslar;
  • yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 (o’n besh) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;
  • ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo’yicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha yordam olmagan bo’lishi;
  • yakka tartibdagi xonadonda qo’shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo’lishi;
  • kredit ajratishni ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan shaxslar.
  • Qarz yuki ko’rsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchilarning o’rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
  • Qarz oluvchi oxirgi 12 oydan kamida 6 oyida daromad manbaiga ega bo’lishi lozim.
  • Kreditni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash mijozning xohishiga ko’ra annuitet yoki differensial usulida Bank va Qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hamda to’lov grafigi bo’yicha amalga oshiriladi.

“Aloqabank”dan kredit olishning afzalliklari

Tez qaror qabul qilish arizani iloji boricha
tezroq ko'rib chiqing.

O'sha kuni qarzni to'lash kreditni olgandan so'ng darhol
mablag'lardan foydalaning.

Minimal hujjatlar kredit ochish uchun bitta
pasport kifoya qiladi.

Kreditni qanday olish mumkin?

1
Arizani to'ldiring

Bu o'rtacha
5 daqiqa oladi

2
Arizangiz bank hodimi tomonidan tasdiqlanishini kutib turing

Arizangiz 15 daqiqa
davomida ko'rib chiqiladi

3
Kreditni rasmiylashtirish uchun eng yaqin tashrif buyuring

Hujjatlarni o'zingiz bilan olib keling.

beta-versiya