Ofis va Bankomatlar
Qidirmoq
71 230 77 77
Ipoteka krediti

Ipoteka krediti

Ushbu kredit O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi resurs mablag’lari hisobidan ajratiladi

416.5 mln. so'mgacha kredit miqdori 17 dan % yillik foiz stavkasi 20 yil kredit muddati
Kreditni rasmiylashtiring

Ipoteka

Предварительный расчет. Не является публичной офертой
Kredit miqdori:
Boshlang’ich badal miqdori:
Skoring o'tish
0 so'm Oylik to'lov
0% Yillik foiz stavkasi
Onlayn ro'yxatdan o'tish
Расчет стоимости annuitet

Kreditlash shartlari:

Manzil Kredit muddati Kredit yillik foiz stavkasi Imtiyozli davr
Shaharlarda 20 yilgacha 18% 6 oygacha (mijozning xohishiga ko'ra)
Qishloq joylarda 20 yilgacha 17% 6 oygacha (mijozning xohishiga ko'ra)

Boshlang’ich badal miqdori

Ko’p kvartirali uylardan kvartira sotib olishda:

  • shaharlarda va qishloq joylarda – sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 15 foizi.

Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish)da:

  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida.

Ta’minot turi

  • sotib olinayotgan ko’p kvartirali uydagi kvartira garovi;
  • qo’shimcha ravishda boshqa mol-mulk garovi va/yoki uchinchi shaxslarning kafilligi;
  • yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka krediti ajratilayotganda ta’minot sifatida boshqa likvidli mol-mulk garovi olinadi (qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgandan so'ng, garovga taqdim qilinganda garov mulki almashtiriladi).

 

Kerakli hujjatlar:

  • Ariza;
  • Mijoz (birgalikda qarz oluvchi, jismoniy shaxs bo’lgan kafil)ning pasportining asli (Bank xodimi tomonidan pasportning aslidan nusxa olinadi);
  • Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan kvartira sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) bo’yicha shartnoma;
  • Subsidiya xabarnomasi (Subsidiya ajratish to’g’risida ijobiy xulosaga ega bo’lgan shaxslar uchun);
  • Uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalariga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat(lar) nusxasi (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
  • Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (qayta qurish) ishlari bo’yicha loyiha smeta hujjatlari va smeta bo’yicha ekspertiza xulosasi (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
  • Qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tegishli tashkilot(lar) tomonidan ruxsat berilganligi to’g’risida hujjat (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
  • Kredit ta’minoti bilan bog’liq hujjatlar.

Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs)ning daromadlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat Soliq qo’mitasi (DSQ) ma’lumotlar bazasidan olinadi. Ma’lumotnomani DSQ ma’lumotlar bazasidan olishning imkoniyati mavjud bo’lmagan hollarda (daromad solig’i to’lamaydigan, daromad solig’idan imtiyoz berilgan fuqarolardan kredit ajratish bo’yicha ariza kelib tushganda hamda DSQ ma’lumotlar bazasi va Bank ichki axborot tizimida texnik nosozliklar yuzaga kelganda) Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar, jismoniy shaxs bo’lgan kafil shaxs) tomonidan taqdim qilinadi.

 

Potentsial qarz oluvchilar (jismoniy shaxslar) quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos bo’lishi lozim:

  • ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunda 18 (o’n sakkiz) yoshga to’lgan va 60 (oltmish) yoshdan oshmagan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo’jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti bo’yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to’lov jadvaliga muvofiq har oyda to’lash uchun etarli bo’lgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo’lgan shaxslar;
  • Qarz yuki ko’rsatkichi (ipoteka krediti bo’yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun subsidiya berish nazarda tutilgan hollarda mazkur subsidiyani hisobga olgan holda) 70 (yetmish) foizdan yuqori bo’lmagan shaxslar;
  • qishloq joylarda – kvartira qiymatining kamida 15 (o'n besh) foizi miqdorida;
  • shaharlarda-kvartira qiymatining kamida 15 (o'n besh) foizi miqdorida;
  • yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining kamida 15 (o’n besh) foizi miqdorida dastlabki badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar (yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida kredit so’ragan shaxslar uchun);
  • sotib olinadigan kvartiraning qiymati uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (to’lash) imkoniyatiga ega bo’lgan shaxslar;
  • ipoteka kreditini ajratishni ko’rib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorligi mavjud bo’lmagan shaxslar.

Mijoz va Birgalikda qarz oluvchining Qarz yuki ko’rsatkichi belgilangan me’yordan yuqori bo’lganda, ularning Bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 (ellik) foizi Mijozning Qarz yuki ko’rsatkichini hisoblashda qo’shilishi mumkin.

Qarz yuki ko’rsatkichi hisob-kitoblarida Mijoz va Birgalikda qarz oluvchilarning o’rtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda – ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining o’rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.

Qarz oluvchi oxirgi 12 oydan kamida 10 oyida daromad manbaiga ega bo’lishi lozim. Shundan, oxirgi oyda daromad manbai mavjud bo’lishi lozim.

Kreditni qaytarish va u bo’yicha foizlarni to’lash mijozning xohishiga ko’ra annuitet yoki differensial usulida Bank va Qarz oluvchi o’rtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi hamda to’lov grafigi bo’yicha amalga oshiriladi.

Foiz xarajatlarini bir qismini qoplash uchun subsidiyalar olish huquqiga ega bo’lgan Qarz oluvchilarning foiz xarajatlarining bir qismi har oyning 25-sanasigacha hududiy g’aznachilik bo’linmalari tomonidan Qarz oluvchining Bank tomonidan ko’rsatilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi.

Sotib olinadigan kvartira qiymatining uy-joy hisoblangan qiymatidan oshib ketgan miqdorini banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar hisobidan to’lanishiga yo’l qo’yilmaydi.

Tariflar:

Kvartiraning maksimal maydoni (kvadrat metr) 70
Uy-joy metri 4000
Uy-joyning taxminiy qiymati 266 667
Ipoteka kreditining maksimal miqdori (foiz) 85%
Ipoteka kreditining maksimal miqdori (miqdori) 238 000
Minimal to'lov miqdori (foiz) 15%
Dastlabki to'lovning eng kam miqdori (miqdori) 42 000
Kvartiraning maksimal maydoni (kvadrat metr) 70
1 kvadrat metr uy - joy narxi 5200
Uy-joy taxminiy qiymati 300 000
Ipoteka kreditining maksimal miqdori (foiz) 85%
Ipoteka kreditining maksimal miqdori (miqdori) 309 000
Minimal to'lov miqdori (foiz) 15%
Dastlabki to'lovning eng kam miqdori (miqdori) 54 600
Kvartiraning maksimal maydoni (kvadrat metr) 70
Uy-joy metri 5700
Uy-joy narxi 330 000
Ipoteka kreditining maksimal miqdori (foiz) 85%
Ipoteka kreditining maksimal miqdori (miqdori) 339 150
Minimal to'lov miqdori (foiz) 15%
Dastlabki to'lovning eng kam miqdori (summa) 59 850

“Aloqabank”dan kredit olishning afzalliklari

Tez qaror qabul qilish arizani iloji boricha
tezroq ko'rib chiqing.

O'sha kuni qarzni to'lash kreditni olgandan so'ng darhol
mablag'lardan foydalaning.

Minimal hujjatlar kredit ochish uchun bitta
pasport kifoya qiladi.

Kreditni qanday olish mumkin?

1
Arizani to'ldiring

Bu o'rtacha
5 daqiqa oladi

2
Arizangiz bank hodimi tomonidan tasdiqlanishini kutib turing

Arizangiz 15 daqiqa
davomida ko'rib chiqiladi

3
Kreditni rasmiylashtirish uchun eng yaqin tashrif buyuring

Hujjatlarni o'zingiz bilan olib keling.

beta-versiya