Ofis va Bankomatlar
Qidirmoq

Korporativ boshqaruv

Samarali korporativ boshqarish - bankning muvaffaqqiyatli faoliyatining muhim sharti hisoblanadi, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquqlari va haqlarini himoya qiluvchi, moliyaviy tashkilotning faoliyatini oshirish sohasidagi eng muhim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.

Bank faoliyati turli risklar bilan bog'liqdir. Shu bois korporativ boshqarishga va ichki nazoratga mukammal yondashuv zaruriyati mavjud. Ichki nazoratning aniq tizimini o'rnatish uchun bank risklar tavsifining to'liq va doimiy baholashini o'tkazadi.

Bankda boshqarishning yuqori organi - Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, bank kuzatuv Kengashi, bank Boshqaruvi, hamda Taftish Komissiyasi, Boshqaruv qoshidagi 7 ta Qo'mita va Kengash qoshidagi Kengash a'zolari kiruvchi 4 ta Qo'mitani o'z ichiga olgan korporativ boshqarishning mukammal tuzilmasi ishlamoqda.


Bank Kuzatuv Kengashi qoshidagi qo'mitalar:

  • Audit qo'mitasi;
  • Bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo'mitasi.
  • Kadrlar va mukofotlar qo'mitasi. 
  • Strategik rejalashtirish qo'mitasi. 

Bank Boshqaruvi qoshidagi qo'mitalar:

  • Aktivlar va passivlarni boshqarish qo'mitasi;
  • Kredit qo'mitasi;
  • Investitsiya qo'mitasi.
  • Byudjet qo'mitasi.
  • Biznesni rivojlantirish va transformatisiya qo'mitasi. 
  • Operatsion risklarni boshqarish qo'mitasi.
  • Axborot texnologiyalari qo'mitasi.

Aktivlar va passivlarni boshqarish tizimi bankning barqarorligini va bank operatsiyalarini rentabelligini quvvatlashning asosiy omili hisoblanadi. Likvidlikni boshqarish qo'mitasining asosiy vazifalari quyidagilar:

  • bank Boshqaruviga moliyaviy risklarni tahlili va boshqarish tizimlarining mukammallashtirish va mustahkamlashni nazorat qilish sohasidagi tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarini amalga oshirishiga ko'maklashadi;
  • likvidlilikni samarali boshqarish maqsadida bankning optimal likvidligini qo'llash, yuqori daromadlilik, moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirish va bankning turli bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishni xisobga olgan xolda bankning moliyaviy rivojanishining asosiy yo'nalishlarini aniqlash;
  • Aktivlar va passivlarning optimal va mos kelgan tuzilmasi tanlash;
  • Moliyaviy oqimlarni o'lchovli boshqarish.

Bankda faoliyat ko'rsatayotgan kredit qo'mitasi kredit risklari darajasini maksimal pasaytirishni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilar

  • bankning kredit operatsiyalari bo'yicha siyosat va jarayonlarni ko'rib chiqish, tasdiqlash va mos kelishini ta'minlash;
  • diversifikasiya va kredit riski darajasini boshqarish maqsadida kredit risklarning limitlarini belgilash;
  • kredit operatsiyalarini o'tkazish to'g'riligi ustidan nazorat o'rnatish;
  • kredit portfelini tahlili, uning sifati, daromadlilik darajasi, zaruriy zaxiralarni tashkil etish ustidan nazoratni ta'minlash, kredit risklarini kamaytirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va qo'llash.

Bankning investitsion faoliyati kengayishi sababli tashkil topgan investitsiya Qo'mitasi ham korporativ boshqaruvda muhim o'rin tutadi. U quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • shu'ba korxonalar faoliyati samaradorligini o'sishida ko'maklashish;
  • daromadlilikni oshirish maqsadida investitsiyalar hajmini kengaytirish;
  • investitsiyalar bozorini tahlil qilib borish.

Korporativ boshqaruvning barcha tuzilmalari faoliyati bank biznesining ajralmas qismi hisoblangan risklarni kamaytirish va oldini olish uchun qaratilgan.

Korporativ boshqaruv kodeksi

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan 2015 yil 31 dekabr kuni (11.02.2016 y. 02-02/1-187-son bayonnoma) aksiyadorlik jamiyatlari uchun tavsiya xususiyatiga ega korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlandi.

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksining 37-bandiga muvofiq, AKda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi va korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi tomonidan tasdiqlanadigan anketa asosida amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi saytida www.gkk.uz

Axborot markazi

beta-versiya