Опубликовано на Aloqabank (http://aloqabank.uz)

Omonatlar

AT "Aloqabank"dagi omonatlar — bu pul mablag’laringizni xavfsiz saqlash va yaxshi daromad olish manbaidir. Sizning barcha omonatlaringiz «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi» tomonidan kafolatlangan. Sizning omonatlaringiz:

AT "Aloqabank"dagi mavjud omonatlar ro’yxati:

Omonat nomi Muddati Yillik stavka Omonat turi Qabul qilish tartibi Izoh

MILLIY VALYUTADAGI OMONATLAR

ONLINE SARMOYA

  36 oy

19%

muddatli

“Aloqamоbile” ilоvasi оrqali

Omonat AT "Aloqabank" mobil ilovasi orqali bank kobeydjing kartalari orqali jalb qilinadi.

Omonat qo’yilmalarinig eng kam miqdori:

 100 000 so’m

 Yuqori chegarasi: Belgilanmagan.

Omonatga foiz hisoblash: Foizlar kunlik, bank ish kuni oxirida omonat qoldigiga hisoblanib, oyma-oy to’lab boriladi. Foizlar mobil ilova orqali mijozning talab qilib olinguncha hisobraqamiga ko`chirib boriladi. Bunda mijoz xohishiga ko`ra mobil ilova orqali omonatdagi mablag`ini plastik kartasiga ko`chirib olishi mumkin.

Omonatga qo`shimcha badallar qo`yib borish: Mumkin.

   ASOSIY QULAYLIKLARDAN YANA BIRI:

Omonatga eng kam miqdori(100 000 so’m) saqlanib qolgan holda kirim va chiqim amaliyotlariga ruxsat berilgan.

ACTIVE

13 oy

 25 oy

19%

20%

muddatli

bank ofislarida

Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi.

Omonatga qo’yilmalarning eng kam                miqdori:                                    

-13 oyga ochilgan omonatlar uchun 1 000 000 so’m,

 -25 oyga ochilgan omonatlar uchun  5 000 000 so’m.

Omonatga hisoblangan foizlarni to`lash:
Foizlar oyma-oy to’lanadi. Agar mijoz omonatini muddatidan oldin, 3-oy to’lmasdan qaytarib olsa foizlar saqlanib qolmaydi. 3-oy idan 24-oygacha to`lgan davr ichida talab qilib olganda, omonatga hisoblangan foizlarning to`liq oy qismi saqlanib qolinadi va muddatiga bog`liq tarzda qayta hisob-kitob qilinib omonatning summasi va foizi omonat qanday shaklda (naqd va naqdsiz) kirim qilingan bo`lsa, shu shaklda qaytariladi.

JOZIBA

18 oy

25 oy

16%

17%

muddatli

“Aloqamоbile” ilоvasi оrqali

AT "Aloqabank"ning plastik karta hisobvaraqlaridan naqd pulsiz ko’chirish yo’li bilan milliy valyutada ochiladi.

18 oyga ochilgan omonat uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida, 25 oyga ochilgan omonatga esa, amaldagi qayta moliyalash stavkasi+1(bir) foiz miqdorida mukofot to’lanadi. Agar qayta moliyalash stavkasi o’zgarsa omonat foizi ham shu shartlarga mos ravishda o’zgaradi.

Farovon

13 oy

 24 oy

18%

muddatli

bank ofislarida

Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklarining plastik kartalaridan naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi va shu shaklda muddatidan so’ng qaytarib beriladi. Omonatga qo’shimcha mablag’larni kiritish mumkin. Foizlarni har oyda olish mumkin, olinmagan foizlar kapitallashtirilmaydi.

25 oy

36 oy

19%

Kelajakka sarmoya

24 oy

36 oy

16%

muddatli

bank ofislarida

Omonatga mablag’lar naqd pul va naqd pulsiz shaklda qabul qilinadi va shu tartibda muddatidan so’ng qaytarib beriladi. Omonatga hisoblangan foizlar faqat AT "Aloqabank"ning plastik kartasiga o’tkazib beriladi. Omonatga qo’shimcha 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda badallar qo’yib borish mumkin. Omonatchi ushbu mablag’ni garovga qo’ygan holda bankdan omonat muddatiga kredit mablag’lari rasmiylashtirishi mumkin.

Qulay Imkoniyat

1,2,3, 6,9  oyga

12 oyga

 

10%,

14 %

muddatli

bank ofislarida

Omonatga mablag'lar naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinib, xuddi shu ko’rinishda qaytib beriladi. Omonatga hisoblangan foizlar faqat AT"Aloqabank"ning plastik kartasiga o’tkazib beriladi. Foizlarni har oyda olish mumkin. Omonatga 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda  12 oy muddatga qabul qilinganda 9 oy davomida qo’shimcha badallar qo’yib borish mumkin. Omonatchi ushbu mablag’ni garovga qo’ygan holda bankdan omonat muddatiga kredit mablag’lari rasmiylashtirishi mumkin.

Kelajak uchun

3-18 yil

14%

 muddatli

bank ofislarida

Omonat 15 yoshgacha bo’lgan bolalar nomiga ochiladi va bola 18 yoshga to’lgunga qadar saqlanadi. Omonatga qo’shimcha 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda badallar qo’yib borish mumkin. Omonat naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinib, xuddi shu ko’rinishda qaytib beriladi.

Tadbirkor

2-7 yil

10%

muddatli

 

Omonatga mablag'lar naqd va naqd pulsiz shaklda qabul qilinib, xuddi shu ko’rinishda qaytib beriladi. Foizlarni har oyda olish mumkin. Olinmagan foizlar kapitallashtirilmaydi. Omonatga qo’shimcha 1,0 mln so’mdan kam bo’lmagan miqdorda qo’shimcha badallar qo’yib borish mumkin. Omonatchi ushbu mablag’ni garovga qo’ygan holda bankdan omonat muddatiga kredit mablag’lari rasmiylashtirishi mumkin.

Talab qilib olguncha (TQO)

muddatsiz

0%

Talab qilib olinguncha

 

Omonatga mablag’lar naqd milliy valyutada qabul qilinadi hamda qabul qilingan pul mablag’lari omonatchining birinchi talabi bilanoq beriladi.

XORIJIY VALYUTADAGI OMONATLAR(AQSh dollari)

PARITET

36 oy

5%

muddatli

bank ofislarida

Omonat AQSH dollarida qabul qilinadi
Omonatning minimal miqdori – 100$.
Omonatga dastlabki bir yil davomida qo`shimcha mablag` kiritilishi mumkin.
Foizlar har oyda mijozning VISA xalqaro to`lov kartalari orqali to`lanadi (omonatdan qisman chiqim mumkin emas).
Visa xalqaro to`lov kartasi ochish bepul!

Omonat muddatidan oldin talab qilib olinsa foizlar muddatiga mos tarzda saqlanib qolinadi:

1 oydan 3 oygacha - 2 foiz

4 oydan 6 oygacha - 3 foiz

7 oydan 12 oygacha - 4 foiz

13 oydan - 36 oygacha - 5 foiz

Talab qilib olguncha (TQO)

muddatsiz

0%

Talab qilib olinguncha

bank ofislarida

Omonatga mablag’lar naqd horijiy valyuta AQSh dollarida qabul qilinadi hamda qabul qilingan pul mablag’lari omonatchining birinchi talabi bilanoq beriladi.