Online Sarmoya

Online Sarmoya

Aloqabankning "Online Sarmoya" omonati mablag'laringizdan foydalanish va bir paytning o'zida ularni ko'paytirish uchun ajoyib imkoniyatdir!

Mazkur omonat bilan mablag'laringizni boshqarish qulay, foydali va juda oddiy:

· Istalgan vaqtda omonatga qo'shimcha mablag' kiritish yoki zarur bo'lganda uning bir qismini yechib olish imkoniyati mavjud. Bunda omonat foizlari kuyib ketishidan havotirlanmasangiz ham bo’ladi. Chunki foizlar omonat qoldig'iga yillik 19 % miqdorida hisoblanadi.

· Omonat ochish va uni boshqarish uchun bankka borish shart emas. Barchasi AloqaMobile mobil dasturi orqali amalga oshiriladi.

"Online Sarmoya" omonati – daromad ko'z oldingizda oshadi. Sinab ko'ring!

Omonat shartlari

Omonat muddati – 36 oy

Omonat foizi – yillik 19 %, Foizlar kunlik qoldiqqa nisbatan hisoblanadi va har oyda bir marotaba to'lab boriladi. Foizlar mobil dastur orqali mijozning talab qilib olinguncha hisobraqamiga ko'chirib boriladi. Bunda mijoz xohishiga ko'ra mobil dastur orqali foizlarni plastik kartaga ko'chirib olishi mumkin.

Omonat ochish shakli – АloqaMobile mobil dasturi orqali kobeydj kartalari mablag'lari hisobidan ochiladi.

Omonatni to'ldirish – Omonatga cheklanmagan miqdorda qo'shimcha mablag' kiritish mumkin.

Omonatdan qisman mablag' yechish – Omonatda eng kam miqdor (100 000 so'm) saqlanib qolgan holda chiqim amaliyotlariga ruxsat berilgan.

Omonatni ochish tartibi:

1. UnionPay kobeydj kartasini oching;

2. SMS xabarnomani yoqtiring;

3. AloqaMobile ilovasini yuklab oling: aloqabank.uz/mobile-app;

4. Kartani ma'lumotlarini ilovaga kiriting;

5. Omonatni oching;

6. Omonatning afzalligiga baxramand bo'ling, mablag'larni kiriting va istagan vaqtiz yechib oling, kunlik qoldiqdan hisoblanadigan foizlardan daromad oling.

Online Sarmoya to'g'risidagi videorolikni tomosha qiling:

https://m.youtube.com/watch?v=39HRAxGFwfA

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.