2 - Хorijiy kredit liniyasi

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditlar to'g'risida ma'lumot ("O'zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilik tarmogini rivojlantirish" loyihasi doirasida)

 

Kredit liniya mablag'larining yo'naltirish maqsadi

Meva-sabzavotchilik va boshqa o'simliklarni yetishtirish bilan bog'liq turli faoliyat uchun:

 

Meva-sabzavot ishlab chiqarish;

Issiqxonalar yaratish;

Meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlash, muzlatish va saqlash;

Qishloq xo'jaligi texnikasi, qayta ishlash uchun uskunalar, sovutish, muzlatish va qadoqlash uskunalarini sotib olish;

Meva va sabzavotchilik sohasidagi maslahat xizmatlari va boshqalar.

Har bir loyiha bo'yicha ajratiladigan kreditning maksimal summasi


Investitsion loyihalarni moliyalashtirish - 2 mln. AQSh dollari (to'liq zanjir moliyalashtirilsa – 4 mln. AQSh dollari);

Aylanma mablag'larni to'ldirish - 200 ming AQSh dollari

Mazkur kredit liniyasi hisobidan ajratiladigan kreditning maksimal muddati (imtiyozli davri)

Investitsion loyihalarni moliyalshtrish - 120 oy (36 oy)

Aylanma mablag'larni to'ldirish - 18 oy (9 oy)

Tashabbuskorlarning loyihani moliyalashtirishdagi ulushi

Loyiha umumiy qiymatining kamida 20 % miqdorida

Ajratiladigan kredit uchun mijoz tomonidan to'lanadigan yillik foiz to'lovlari

6 oylik LIBOR + Jahon Bankining spredi + 0,2% MV marjasi + 3% AT "Aloqabank" marjasi

Kredit ajratish uchun to'lanadigan bir martalik komissiya to'lovi

Kredit summasining 0,25%

(bir martalik komissiya to'lovi XTTB tomonidan o'rnatilgan)

Kredit hisobidan xarid qilinadigan asbob uskunalarning kelib chiqish mamlakati

cheklanmagan
(qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlardan tashqari)

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.