Osiyo Taraqqiyot Banki va AT "Aloqabank" o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi

 

2018 yil 14 fevral kuni Toshkent shahrida Osiyo Taraqqiyot Banki va AT "Aloqabank" savdoni moliyalashtirish yuzasidan hamkorlik kelishuvini imzolash tadbiri bo’lib o’tdi. Kelishuvni Osiyo Taraqqiyot Bankining O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori Takeo Konishi va AT "Aloqabank" Boshqaruv Raisi o’rinbosari Xasan Rahmatov imzoladilar.

"Biz AT "Aloqabank" O’zbekistonda kichik va o’rta korxonalarni moliyalashda bizning yangi hamkorimiz bo'lishidan mamnunmiz, - deydi OTB qoshidagi Savdoni Moliyalashtirish Dasturi (SMD) ning munosabatlar bo’yicha menejeri Nana Xurodze.

"AT “Aloqabank” va OTB o’rtasidagi savdoni moliyalash bo’yicha kеlishuvning imzolanishi o’zaro hamkorlik va kelajakdagi yangi loyihalarni amalga oshirishga asos bo’lib xizmat qilishiga ishonch bildiramiz", - dedi "Aloqabank" Boshqaruv Raisi Kammuna Irisbekova.

Savdoni Moliyalashtirish Dasturi 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda va hozirgi vaqtda 5 mahalliy bank bilan hamkorlik qiladi. Bugungi kunda ushbu dastur doirasida O’zbekistonda savdo-sotiqni qo’llab-quvvatlash uchun 1,3 milliard AQSh dollari miqdoridagi 473 ta bitim imzolangan bo’lib, bu ko’plab sohalarda, jumladan, xom‑ashyo va sanoatda kichik va o’rta korxonalarga foyda keltirgan.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.