AТ “Aloqabank”dan avtokredit!

Fuqarolarning avtomobil sotib olish uchun kredit joriy qilish yuzasidan bildirilgan takliflarini inobatga olgan holda, AТ “Aloqabank” tomonidan GM Uzbekistan rasmiy dilerlaridan pul ko’chirish yo’li bilan avtomobillarni xarid qilish uchun “Avtokredit” iste’mol krediti joriy qilindi.

Avtokreditning asosiy shartlari:

  • Depozit garovi – avtomobil narxidan 30%;
  • Kredit muddati – 4 yilgacha;
  • Kredit foizi – yillik 20%;

Kreditni rasmiylashtirish uchun bank filiallariga murojaat qilishingizni so’raymiz.

Filiallar ro’yxati.

Avtokredit olish uchun zaruriy hujjatlar

 

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

1. Mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda);

2. Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va ohirgi bir yillik daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;

3. Pasport nusxasi;

4. Mehnat daftarchasi nusxasi;

5. Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);

6. SТIR (INN) nusxasi;

7. Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi;

8. “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

 

Agar kafil bo’lsa, kafil shaxsdan talab qilinadigan hujjatlar:

1. Mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda);

2. Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va ohirgi bir yillik daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;

3. Pasport nusxasi;

4. Mehnat daftarchasi nusxasi;

5. Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);

6. SТIR (INN) nusxasi.

 

Murojaat uchun filiallardagi kreditlash bo’limlarining telefon raqamlari:

Filiallar nomi

Murojaat uchun telefonlar

1

Amaliyot boshqarmasi

0 371 230-43-82

2

Qoraqalpog’iston filiali

0 361 222-03-11

3

Хorazm fililai

0 362 228-81-93

4

Namangan filiali

0 369 233-50-67

5

Andijon filiali

0 374 227-87-88

6

Buxoro filiali

0 365 223-57-77

7

Surxondaryo filiali

0 376 224-20-02

8

Samarqand filiali

0 366 233-59-00

9

Qashqadaryo filiali

0 375 223-04-02

10

Navoiy filiali

0 436 532-35-38

11

Farg’ona filiali

0 373 244-44-48

12

Jizzax filiali

0 372 222-06-85

13

Mirobod filiali

0 371 281-42-39

14

Qo’qon filiali

0 373 543-33-55

 

Savol-javob

Savol – Avtokredit yuridik shaxslarga ham beriladimi?

Javob – AТ “Aloqabank”da avtokredit jismoniy va yuridik shaxslarga ajratiladi.

Savol – Bozordagi avtomobilni sotib olishga avtokredit beriladimi?

Javob – Avtokredit O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni avtosalonlardan xarid qilish uchun beriladi.

Savol – Avtokredit qanday shartlarda beriladi?

Javob – Avtokreditning asosiy shartlari:

  • Garov depoziti – avtomobil narxidan 30%;
  • Kredit muddati – 4 yilgacha;
  • Kredit foizi – yillik 20%;

Savol – Avtokreditning olish uchun qanday hujjatlar taqdim etish kerak?

Javob – AТ "Aloqabank"dan avtokredit olish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

  • Mahalladan yashash joyi to’g’risida ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda);
  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risida ma’lumotnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Mehnat daftarchasi nusxasi;
  • Jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi nusxasi (INPS);
  • STIR nusxasi;
  • Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida omonat garovi;
  • “GM Uzbekistan” rasmiy dileri bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi.

Savol – Avtokreditning oylik to’lovi qancha bo’ladi?

Javob – Oylik to’lov avtomashina narxi va imtiyozli davrga bog’liq. Batafsil ma’lumotlarni quyidagi havoladagi jadval orqali aniqlashingiz mumkin: https://goo.gl/gk1EEm

Savol – Avtomobillarni qayerdan xarid qilishimiz mumkin?

Javob – Avtokredit GM Uzbekistan rasmiy dilerlaridan avtomobillarni xarid qilishga beriladi.

Savol – Avtomobilni xarid qilishga shartnomani bank beradimi?

Javob – Avtomobilni sotib olish shartnomasi GM Uzbekistan rasmiy dilerlari tomonidan beriladi.

Savol – Avtomobillar narxlari bormi?

Javob – Avtomobil narxlarini GM Uzbekistan saytidan yoki rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin. GM Uzbekistan rasmiy saytiga havola - http://gmuzbekistan.uz/prices.

Savol – Garov depoziti va kredit foizlaridan tashqari yana qanday to’lovlar mavjud?

Javob – 50 mln. dan 80 mln. gacha beriladigan kreditlar eng kam ish haqining 5 barobari, 80-120 mln. – 7 barobari, 120-150 mln. – 9 barobari, 150 mln. dan – 10 barobari miqdorida komissiya belgilangan. Avtomashina kredit davriga to’liq sug’urta qilinadi. Sug’urta to’lovi yillik o’rtacha 1 foiz.

Savol – Ish joyim Тoshkent shahrida bo’lib, biroq doimiy turar joyim (propiska) boshqa viloyatda bo’lsa Тoshkent shahridan avtokredit olsam bo’ladimi?

Javob – Mumkin, doimiy yoki vaqtinchalik turar joyidan ma’lumotnoma (oila a’zolari ko’rsatilgan holda) taqdim etilishi bilan.

Savol – Farg’ona filialidan avtokredit olish mumkinmi?

Javob – AТ “Aloqabank”ning barcha filiallarida avtokredit beriladi.

Savol –  Хech qayerda ishlamayman, avtokredit olsam bo’ladimi?

Javob – ​Amaldagi qonunchilikka muvofiq qarzdor, yani kredit oluvchidan oxirgi bir yillik ish haqisi to’g’risidagi ma’lumotnoma talab qilinadi.

Savol –  Avtokredit olish uchun ish haqim qancha bo’lishi kerak (qo’shimcha qafillik shartmi)?

Javob – Ajratiladigan kredit miqdoridan kelib chiqqan holda kredit bo’limi xodimlari tomonidan o’rganib chiqiladi. (Misol uchun oylik ish haqisi o’rtacha 3-4 mln. so’m, ajratiladigan kredit asosiy qarz va foiz to’lovlari 1,5-2 mln so’mni tashkil qilsa kafillik talab qilinmaydi; ish haqisi 2-3 mln. bo’lib kredit qaytarish summasi 4-5 mln. so’m bo’lsa qo’shimcha kafillik olinadi)

Savol – Kredit bo’limlari telefon raqamlarini qayerdan olsak bo’ladi?

Javob – Yuqorida.

Savol – Avtokreditni minibanklarda  rasmiylashtirsa bo’ladimi?

Javob – AТ “Aloqabank”ning minibanklarida avtokredit rasmiylashtirishingiz mumkin. Minibanklar ro’yxatiga quyidagi havola orqali  o’tishingiz mumkin: http://aloqabank.uz/uz/page/about/minibanks#content_text.

Savol – Avtokredit olish uchun qachon murojaat qilishimiz mumkin?

Javob – AТ “Aloqabank” filiallarining kreditlash bo’limlariga belgilangan ish vaqti, ya’ni dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik vaqti – 14:00 dan 15:00 gacha) murojaat qilishingiz mumkin.

Savol – Avtokredit avtomashinani narhining qismiga beriladimi?

Boshlang’ich to’lov sifatida 30 foizdan ortiq qo’ysam bo’ladimi?

Javob – Mumkin, ajratiladigan kredit summasidan 30 foizini garov depozitiga (bankka) qo’yib qolgan mablag’ingizni avtosalonga o’z hisobingizdan chiqarish tavsiya qilinadi. (Misol: Avtomashina 100 mln. so’m turadi va 51 mln. so’m mablag’ mavjud. Avtokreditni 70 mln. ga rasmiylashtirib, 21 mln. so’m garov depozitiga, 30 mln so’m to’g’ridan to’g’ri avtosalonga o’tkazish mumkin).

Bank faoliyatiga oid takliflaringizni t.me/aloqabanktaklifbot telegram boti orqali jo’natishingiz mumkin.

Bankning telegram kanaliga a'zo bo'ling - t.me/aloqabank

Kredit grafigini hisoblash jadvali.

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.