Iste`mol krediti

ISTE’MOL KREDITI

Iste’mol krediti jismoniy shaxsga uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar (ko’rsatilgan xizmatlar) ni sotib olish uchun beriladigan kredit turi hisoblanadi.

Iste’mol kreditining asosiy shartlari:

Muddati

Yillik foiz stavkasi

Imtiyozli davr

1 yilgacha

28 %

Imtiyozli davrsiz

1 yildan 2 yilgacha

30%

Imtiyozli davrsiz

 

Kredit ta’minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

 

  • Kredit summasi EKOIH ning 100 barobarigacha bo’lsa, uchinchi shaxs kafilligi;
  • Kredit summasi EKOIH ning 100 barobaridan yuqori bo’lsa, likvidli mol-mulk garovi.

Kredit oluvchidan talab qilinadigan hujjatlar:

  • Ish joyidan ishlashi (lavozimi) va oxirgi bir yillik daromadi to’g’risidagi ma’lumotnoma (ma’lumotnomada shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi raqami (JBPDR) hamda soliq to’lovchining identifikatsion raqami (STIR) ko’rsatilishi lozim);
  • Pasport nusxasi;
  • Ta’minotga doir hujjatlar.

 

Bankning Qoraqalpog`iston va Andijon filiallarida filial kredit komissiyasi qaroriga asosan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotining ayrim turlari (avtokredit, iste`mol va mikroqarz) vaqtincha to`xtatilgan.

 

Sayt materiallaridan to`liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt www.aloqabank.uz manzili ko`rsatilishi shart.